O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə31/41
tarix16.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#156274
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qollanma

Avtoritar uslubda faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi:

  • o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi;

  • o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi;

  • ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;

  • o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi;

  • qattiq intizom asosida ish olib boradi;

  • topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi;

  • gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;

  • aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol;

  • o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq tushuntirmasdan talab qiladi.

Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi “Mening aytganim aytgan, deganim degan” shaklidagi tamoyil asosida pedagogik faoliyat olib boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda quyidagi uslublarni qo‘llaydi: buyruq, ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo‘llash. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa, majbur etish, qo‘rqitish, cho‘chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub o‘qituvchi asab tizimini doimiy taranglashib yurishiga sabab bo‘lib, uning sog‘ligiga putur etkazishi mumkin. Natijada o‘qituvchi tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobiy tomonlari ham bor: ya’ni, ular faqat favqulodda vaziyatlar jarayonida ishlatilishi (yong‘inda, suv toshqinida, aholini evakuatsiya qilishda) mumkin. O‘qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi.
Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining bosh shiori o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. O‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosiga quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi»1. Ushbu uslubni mukammal egallagan o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi:

  • pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr-mulohazalariga tayanib ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi;

  • sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quvchilarning erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi;

  • muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo‘llaydi;

  • muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala.

Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o‘qituvchi hozirgi zamon talablariga, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. O‘qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan tengdoshlariga namuna bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli o‘quvchilarni tarbiyalash uchun qizg‘in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro yordam tuyg‘usini o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a’zolarining qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi, o‘quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O‘quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil etilishi sinfning ahil jamoa bo‘lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin