7.2. Materiallarning baholanishi Materiallarni baholash. Moddiy qiymatliklar sintetik schyotlarda ikki bahoda ko‘rsatilishi mumkin: 1) haqiqiy sotib olish tannarxida yoki 2) hisob bahosida.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish xarajatlari; ta’minot tashkilotiga to‘langan qo‘shimchalar; bojxona to‘lovlari; ortish, tashish, tushirish, saqlash xarajatlari; xom-ashyo birjalarining xizmatlari qiymati va boshqalar.
Materiallarning haqiqiy tannarxini hisoblash anchagina hisob-kitoblarni talab qiladi va buxgalteriya xodimlarining anchagina vaqtini oladi. Shuning uchun ham korxonalarda faqat asosiy xom-ashyo va materiallarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va qolgan ishlab chiqarish zaxiralari ishlab chiqarish jarayoniga berilayotganda qat’iy hisob baholarida beriladi. Qat’iy hisob baholari uchun ushbu materiallarning reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish baholari va boshqalar asos qilib olinadi.
Materiallarning haqiqiy tannarxining qat’iy hisob baholaridan farqi alohida 16 "Materiallar qiymatining chetlanishi”sintetik schyotida hisobga olib boriladi.
Korxonalar buxgalteriyalarida kompyuterlarning keng qo‘llanilishi materiallarning haqiqiy tannarxini hisoblashni ancha yengillashtirdi va qat’iy hisob baholarini qo‘llashga ehtiyoj qoldirmayapti.
Moddiy qiymatliklarni ishlab chiqarish jarayoniga berilganda ularni quyidagi usullarda baholab hisobdan o‘chirishga ruxsat etilgan:
o‘rtacha tannarxi bo‘yicha;
birinchi sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannraxi bo‘yicha (fifo usullari);
oxirgi sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannraxi bo‘yicha (lifo usullari).
a) o‘rtacha tortilgan qiymat usuli - TMZ har bir birligining qiymati hisobot davridagi boshida bir tipli TMZ birliklari va hisobot davri davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir tipli birliklarmning o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha aniqlanadi. TMZ birligining o‘rtacha tortilgan qiymati TMZning butun qiymatini shu zaxiralar birliklarining soniga bo‘lish bilan aniqlanadi.
b) birinchi harid baholari bo‘yicha baholash usuli (FIFO - birinchi kirim - birinchi chiqim) - birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan taxminga asoslangan.
v) oxirgi harid narxlari bo‘yicha baholash usuli (LIFO - oxirgi kirim - birinchi chiqim) - oxirgi harid qilingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotilgan tovarlarning qiymatini aniqlash uchun, hisobot davrining oxiriga bo‘lgan zaxiralarning tannarxi esa birinchi navbatda harid qilingan tovarlar tannarxi asosida hisob qilinadi, degan taxminga asoslangan.
Jadvalda ishlab chiqarishga sarflangan moddiy qiymatliklarning Fifo va Lifo usullarida hisobdan chiqarilishi aks ettirilgan.
Baholashni FIFO va LIFO usullarini qo‘llaydigan korxonalarda moddiy qiymatliklarning analitik hisobi har bir partiya bo‘yicha yuritilishi zarur.
Materiallarning kelib tushishi va sarflanishini xujjatlashtirish .
Korxonaga kelib tushadigan va ishlab chiqarishga sarflanadigan ishlab chiqarish zaxiralari tegishli dastlabki xujjatlarga asosan rasmiylashtiriladi.
Materiallarning kelib tushishi va sarflanishini aks ettiruvchi dastlabki xujjatlarning to‘gri rasmiylashtirilishi moddiy qiymatliklarning hisobini asosini tashkil qiladi. Chunki dastlabki xujjatlar asosida ishlab chiqarish zaxiralarining kelib tushishi ichidagi harakati va ishlab chiqarishga sarflanishi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Moddiy qiymatliklarni FIFO va LIFO usullarida baholash
Materiallarning kelib tushishi
birinchi partiya
ikkinchi partiya
uchinchi partiya
60
50
30
25
30
35
1500
1500
1050
Oy bo‘yicha jami
Oy mobaynida materiallarning sarflanishi:
a) FIFO usuli bo‘yicha
birinchi partiya
ikkinchi partiya
uchinchi partiya
140
100
50
10
25
30
35
4050
2500
1500
350
Oy bo‘yicha jami
b) LIFO usuli bo‘yicha
birinchi partiya
ikkinchi partiya
uchinchi partiya
160
30
50
80
35
30
25
4350
1050
1500
2000
Oy bo‘yicha jami
Materiallarning qoldig‘i 01.02.XX yilga
a) FIFO usuli bo‘yicha
b) LIFO usuli bo‘yicha
160
20
20
35
25
4550
700
500
Materiallarning harakatini aks ettiruvchi xujjatlarni rasmiylashtirishda ular har tomonlama chuqur tekshirilishi zarur. Bunda asosiy e’tibor xo‘jalik jarayonini sodir qilgan shaxslar imzosining mavjudligi va ularning haqiqiyligini tekshirish zarur. Moddiy qiymatliklarning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini tegishli xujjatlarda aks ettirishni nazorat qilish vazifasi korxonaning bosh buxgalteriya va ishlab chiqarish bo‘linmalarning raxbarlariga yuklatilgan.