Nazorat savollari 1. Axborot haqida tushuncha bering.
2. Axborot xavfsizligi haqida tushuncha bering.
3. Xavfsizlikning asosiy y o ‘nalishlari haqida tushuncha bering.
4. Axborotni himoyalash tizimlari haqida tushuncha bering.
5. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotlarni turkumlash haqida
tushuncha bering.
2-MAVZU. AXBOROT HIMOYASI VA UNING TURLARI Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash deb foydalanuvchilami
ruxsatsiz tarmoq, elementlari va zahiralariga egalik qilishni man etishdagi texnik,
dasturiy va kriptografik usul va vositalar, ham da tashkiliy tadbirlarga aytiladi.
Fizikaviy texnik vositalar - bu avtonom holda ishlaydigan qurilma va
tizimlardir. Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o'm atilgan temir panjaralar,
qo‘riqlash elektr uskunalari fizikaviy texnik vositalarga kiradi.
Dasturiy vositalar -
bu
axborotlarni
himoyalash
funktsiyalarini
bajarish
uchun
moMjallangan maxsus dasturiy ta ’minotdir.
Axborotlarni
himoyalashda
birinchi
navbatda eng keng qo'llanilgan dasturiy vositalar
hozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi
hisoblanadi. Bunga misol sifatida parol tizimini
keltirish mumkin.
Tashkiliy
himoyalash
vositalari
-
bu
talekommunikatsiya uskunalarining yaratilishi va
qo'llanishi jarayonida qabo‘l qilingan tashkiliy-texnikaviy va tashkiliy-xuquqiy
tadbirlardir. Bunga bevosita misol sifatida quyidagi jarayonlam i keltirish mumkin:
binolaming qurilishi, tizimni loyihalash, qurilmalam i o'm atish, tekshirish va ishga
tushirish.
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari - bu hisoblash texnikasini rivojlanishi
oqibatida paydo bo‘ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida
boMmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilami obro‘siga ziyon yetkazishi mumkin.
Qonuniy himoyalash vositalari - bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan xuquqiy
hujjatlar sanaladi. Ular bsvosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni
tartiblashtiradi va ushbu qoidalami buzuvchilam ing mas'uliyatlarini aniqlab beradi.
Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan
qoidalarida axborotni himoyalash guruxlarini tashkil qilish, ulam ing vakolatlari,
majburiyatlari vajavobgarliklari aniq yoritib berilgan.
12