O`quv soati


Mehnat ta’limi metodikasi fani va vazifasi



Yüklə 119 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü119 Kb.
#41564
1   2   3   4   5
1-mar-m-t edcddf585f4ae39ed9f3bf9b1e6dc84e

Mehnat ta’limi metodikasi fani va vazifasi
Prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida so`zlagan nutqida «. . . bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishish, jamiyatimizning yangilanishi, xayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan isloxotlarimiz, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog liqligini xammamiz anglab yetmoqdamiz» deb aytgan edilar. Yana so`zlarida davom etib «Faqat chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so`z bilan aytganda, o`zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jaxon jamiyatida o`ziga munosib, obro`li o`rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin» deb o`qimishli kishilarga juda katta baxo beradi va ularni tarbiyalash eng dolzarb masala ekanini ta’kidlaydi.

Respublikamiz o`qituvchilari oldida umumiy ta’lim, xunar maktabini islox qilish, yangi davr talabiga mos yetuk kishilarni, bozor iqtisodi talabiga javob beradigan ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, maktab xaqidagi konseptsiyani amalga tadbiq qilishdek muxim vazifalar turibdi.

Birinchi darajali vazifa o`rta maktabni bitirgan o’quvchilar fan asoslaridan chuqur bilim olishlari, ommaviy ishchi kasblaridan 2-3 tasini egallashlari, o`qish bilan birga ishlab-chiqarishda xam ishtirok etishlari lozim.

O’quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning xar-xil yo`llari orasida «Mehnat ta’limi» fani muxim o`rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish, moddiy jixozini mustaxkamlash, maktabni o`z atrofidagi sanoat va qishloq xo`jaligi soxasi bilan aloqasini mustaxkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni ta’lim bilan qo`shib olib borish, o’quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bilan shug`ullanadi.

Mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik printsiplarni qo`llasada, uning o`ziga xos xususiyatlari xam mavjud. O’quvchilar bilish faoliyati bilan emas, balki yaratish faoliyati bilan shug`ullanadilar. Mehnat predmetlari, qurollari, jarayonlari oddiy o`rganish ob’yekti sifatida emas, balki o’quvchilar ishlarini aktivlashtiruvchi ko`rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi.

Mehnat ta’limining o`quv fani sifatida ana shu va boshqa xususiyatlarini o`rgatadi.

II. Mazkur kursning maqsadi talabalarning umumiy ta’lim maktablarning 4-9 sinflari uchun texnik mehnat ta’limi o`qituvchisi va kasb xunar kollejlari (10-12 sinflarda) ishlab-chiqarish ta’limi o`qituvchilari bo`lib yetishishlari tegishli metodik tayyorgarlik ko`rishlarini ta’minlashda xizmat qiladi.
Mazkur fan to`rt qismdan iborat :

1. Birinchi qismda umumiy ta’lim maktabidagi mehnat ta’limi va ishlab-chiqarish ta’limi umumiy masalalari yoritiladi.

2. Ikkinchi qismida texnik mehnat bo`yicha o`quv dasturini aloxida bo`lim va ma’ruzalarni o`qitish metodikasi beriladi.

3. Uchinchi qismida maxsus fanlarni o`qitishga bag`ishlanadi.

4. To`rtinchi qismi laboratoriya-amaliy mashg`ulot, pedagogik amaliyot, kurs ishi, to`garaklar ishiga bag`ishlangan.


Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin