O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə27/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

5-savol bayoni.
O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
I.P.Podlasыy ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil etish.
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi.
6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. Didaktik qonuniyatlar.

  2. Gnoseologik qonuniyatlar.

  3. Psixologik qonuniyatlar.

  4. Kibernetik qonuniyatlar.

  5. Sotsiologik qonuniyatlar.

  6. Tashkiliy qonuniyatlar.

Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin