Tarbiya qonuniyatlari birinchi navbatda jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘zbekiston milliy istiqlolga erishgandan keyin tarbiyaning jamiyat oldidagi mohiyati o‘zgardi. Yeski jamiyatning kommunistik mafkuraga asoslangan tarbiya yo‘nalishi o‘zgarib, yangi barpo bo‘layotgan tuzumga mos mutaxassis kadrlar tayyorlash zarurati paydo bo‘ldi. Jamiyatimizda tarbiyaning butun yo‘nalishi shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda o‘zgardi. Ijtimoiy ehtiyoj ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishni taqoza yetdi. Shunga asosan «Ta’lim to‘g‘risida» qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi. Ularda ijtimoiy ehtiyoj hisobga olingan holda, tarbiya qonuniyatlariga amal qilish hal etilgan.
Tarbiyaning yana bir qonuniyati uning maqsadi, mazmuni, usullari va shakllarinig uzviy bog‘liqligidir. Yoshlarga beriladigan tarbiya avvalo aniq maqsadga yo‘naltirilgan, shu maqsadni ro‘yobga chiqarishda tarbiyaning mazmuni, usullari va shakllari bir-birini to‘ldirishi, takomillashtirishi kerak.
Pedagog olimlar tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi, bolaning yoshi, o‘ziga xos xususiyatlari, hatto jinsiy tafovvutini hisobga olish ham qonun hisoblanadi deb sanaydilar. Ko‘pchilik manbaalarda bu xususiyatlar tarbiyaning prinsipi sifatida qaraladi. Tarbiya prinsiplari qonunlar bilan bog‘langan, ularning mantiqiy davomi shaklida e’tiborga olinib, tarbiya berish jarayonida amal qilinadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek tarbiya prinsiplari tarbiya qonuniyatlarining amalda tadbiq etilishi, mantiqiy davomi, aksi sifatida namoyon bo‘lishi deb hisoblash mumkin, chunki tarbiya qonuniyatlariga ham, prinsiplariga ham tarbiya jarayonida amal qilinadi . Tarbiya qonuniyatlari va prinsinlariga alohida e’tibor bergan holda ish ko‘rilganda tarbiyalanuvchilar barkamol shaxsga aylanadi. Shuning uchun ham tarbiya prinsiplarini chuqur ilmiy asoslash bilan birga ularni hayotga tadbiq etish o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va jamoatchilikning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerak. Pedagogika fanida turli olimlar tomonidan tarbiya prinsiplari har xil izohlanib kelingan. Hozirgi paytda tarbiyaning quyidagi prinsiplariga amal qilish tavsiya yetiladi:
Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi,
Tarbiyaning insonparvarlik va demokratik prinsipi,
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi prinsipi.
Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish prinsipi,
Izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi prinsipi,
Bola shaxsini hurmat qilish va talabchanlik prinsipi,
Mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni o‘stirish prinsipi
Tarbiyaning ma’lum maksadga qaratilganligi prinsipi: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi prinsipi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy yetuk, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni, komil insonni shakllantirishdan iboratdir. Shunga ko‘ra tarbiya mazmuni, shakli, usullari shu maqsadga qaratilgandir. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o‘ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga mo‘ljallanadi, g‘oyaviy-siyosiy darajasini ko‘taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiklik prinsipi;tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o‘zligini anglash huquqini ta’minlaydi.
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish har bir bolaning o‘ziga xosligini hurmat qilish uning ijtimoiy huquqi va Erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi prinsipi; Ma’naviy qadriyatlar va g‘oyalar har xil millat o‘quvchilarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. O‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rganishda va rivojlantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogikasi an’analariga suyangan holda ish ko‘riladi.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik-tarbiyaviy ta’sirlarning uyg‘unligi va uzluksizligi prinsipi;Tarbiyada izchillik muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga birdaniga juda ko‘p qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Bu borada izchillikka amal qilish lozim. Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning, pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajisini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyaviy ta’sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholinining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. Tarbiyaviy ta’sirda izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya etish, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini tarbiya usullari va shakllarini o‘z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida tarbiyaviy ishlar, hamda tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarining hamjihat va bamaslahat ish ko‘rishini ko‘zda tutish kerak.