O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev


Belgiya hududida 4 tipdagi o‘rta maktablar faoliyat yuritadi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə22/40
tarix21.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#188478
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Belgiya hududida 4 tipdagi o‘rta maktablar faoliyat yuritadi:
Umumiy ta’lim beruvchi o‘rta maktab (Algemeyen Secundair Onderwijs,
(ASO)). Mazkur tipdagi muassasalar o‘quv dasturida maktab bitiruvchisi 6 yil
to‘liq ta’lim olib, o‘qishni oliy o‘quv yurtida davom ettirishi ko‘zda tutilgan.
Mehnat bozorida ASO tugatganlik to‘g‘risidagi diplomli shaxslarga ehtiyoj mavjud
emas, chunki mazkur tipdagi muassasalarda ta’lim ko‘p hajmli nazariy bilimlar
berish fanlarga qaratilgan bo‘lib, amaliy va kasbiy tayyorgarlik ko‘zda tutilmagan.
Texnik o‘rta maktablar (Technisch Secundair Onderwijs, (TsO)) ikkita: TTK
va STK kabi ―tipcha‖ga bo‘linadi. I ―tipcha‖dagi maktablarda ta’lim texnik jihati
tomoniga yo‘naltirilgan, II ―tipcha‖ ga - amaliy muassasalarga ixtisoslashgan.
Mazkur ta’lim muassasalarda matematika, tillar, tarix, tabiiy fanlarga urg‘u
beriladi, lekin ASOga nisbatan bilim hajmi kamroqdir. STK bitiruvchilari mehnat
bozoriga chiqishga tayyor, TTK bitiruvchilari esa, odatda, o‘qishni davom
ettirishni: ixtisosi bo‘yicha bir yil qo‘shimcha tahsil olish, turizm, savdo, sog‘liqni
saqlash kabi sohalar bo‘yicha bakalavr yoki hattoki magistr darajasini olishni afzal
ko‘rishadi.
Kasbiy-texnik o‘quv yurtlari (Beroyeps secundair ondwyerwijs (VSO))
duradgor, zargar, g‘isht teruvchi (quruvchi) usta kabi o‘ziga xos mutaxassisliklar
bo‘yicha ta’lim taklif etishadi. BSO — faqat belgiya o‘rta ta’limida mavjud
bo‘lgan ta’lim muassasasi tipidir, bundan keyin oliy ta’lim olish imkoniyati ko‘zda
tutilmagan. Agarda ushbu ta’lim muassasasi bitiruvchisi qo‘shimcha yil (7 yoki 8)
o‘qish istagini bildirsa, bu qo‘shimcha o‘quv yilidan keyin bitiruvchiga TsO
diplomiga ekvivalent bo‘ladigan diplom berishadi.
O‘rta badiiy ta’lim muassasalari (Kunst secundair onderwijs (KSO)). Ushbu
o‘quv yurtlar san’at sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun universitet
yoki kollejga o‘qishga kirish uchun talabalarni tayyorlaydilar. Tanlagan
yo‘nalishiga qarab, akterlik mahorati, xoreografiya, musiqa yoki tasviriy san’at
ustuvor bo‘lishi mumkin.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin