Milliy va umummadaniy kompetensiya:o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Xavfsizlik qoidalari:
Amaliy mashg‘ulot davomida diqqatli va ehtiyotkor bo‘ling;
Ishga kirishishdan oldin ishning bajarilish tartibini o‘rganing;
Eshitish organlarini shovqinli tovushlardan himoya qiling.
Kerakli jihozlarni stol chetiga qo‘ymang.
Kerakli jihozlar
Bajarish tartibi
Kamerton – 2 ta
Rezina bolg‘acha
Paxta
Fotoqog‘oz
Guruhda ishlash.
1-tajriba.
1. Kamertonlarga bolg‘acha bilan sekin urib, uning ishlashini tekshiring.
2. Ikkita kamertonning ochiq tomonini bir-biriga qaratib stol ustiga joylashtiring.
3. Kamertonlarning oraliq masofasi 5-6 cm dan oshmasligiga eʼtibor bering.
4. Bolg‘acha yordamida birinchi kamertonga sekin uring.
5. Ikkinchi kamertonni birinchisiga yaqinlashtirib, uzoqlashtiring.
6. Tovushning qaytishi va o‘zgarishiga ahamiyat bering.
7.Tajribani takrorlang.
8. Birinchi kamerton ichiga ozroq paxta momig‘ini joylang.
9. Yuqoridagi tajribani takrorlang.
10. Har ikkala tajribalarda tovushning qaytishi va eshitilishini taqqoslang.
2-tajriba 1. A4 formatdagi fotoqog‘dan rupor (karnay) yasang.
2. Ruporni karnay kabi og‘zingizga yaqinlashtirib, unga ovoz chiqaring.
3. Ruporda tovush qaytishini eshiting.
4. Tovush o‘zgarishini kichik guruhlarda muhokama qiling
Nima uchun kamerton ichiga paxta solinganda tovush qaytishi o‘zgardi? Hayotda tovushlarning qaytishidan qayerlarda foydalanamiz?
Ruporga gapirganingizda tovush kuchayishining sababi nimada?