Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
B ilamizki elektr lampochkasi – kashfiyot samarasidir: tok o‘tadigan sim oq bo‘lguncha qizib yorug‘lik taratadi. Yoritgichning bunday turi 1872-yilda ixtiro qilingan. Ma’lumki, siz uyga kelib, yoqib-o‘chirgich tugmasini bossangiz, elektr lampochka charaqlab yonadi. Nima uchun? Tugmani bosganingizda siz o‘tkazgichlarni ulaysiz, o‘tkazgichlar orqali esa lampochka tomon shitob bilan elektronlar oqimi yo‘naladi. Lampochkaning ichida ingichka simoyoqlarga maxsus metall — volframdan tayyorlangan spiral osilgan. Elektronlar oqimi qancha kuchli bo‘lsa, lampochkaning tolasi ham shuncha kuchli qizib, ravshanroq yonadi. Yo‘g‘onroq simlardan tayyorlangan xuddi shunday spirallar elektr dazmol va plitkalarni qizdiradi. Bu hodisa (elektr tokidan qizish hodisasi)dan, masalan, zavodlarning elektr pechlarida metallarni eritish uchun foydalaniladi. Faqat bunday pechlardagi spirallar barmoqlar yo‘g‘onligidagi simlardan ishlanadi.
Kundalik turmushimizda texnika vositalarining o‘rni va ahamiyati oshib borgani sari elektr energiyasi ishlab chiqarishning samarali usullarini qo‘llashga ehtiyoj kuchaymoqda. Muqobil energiya manbalaridan, jumladan, quyosh batareyalaridan foydalanish keng ommalashmoqda. Shu bilan birga, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, tejamkorlik bilan ish yuritishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bugungi xaridor maishiy-texnika vositalarini xarid qilar ekan, uning elektr energiyasini nechog‘li kam sarflashiga ham alohida e’tibor beradi.
Aholi zamonaviy, tejamkor va uzoq muddat xizmat qiladigan lampalardan foydalanishi lozim. Bu zamonaviy lampalar avvalgi chiroqlarga nisbatan elektr energiyasini besh barobar kam sarflaydi, foydalanish muddati esa to‘rt marta ko‘p. Yorug‘ligi ham eski chiroqlarga nisbatan ancha yuqori. Eng muhimi, ushbu chiroqlardan foydalanish natijasida uy, maktab, korxona va tashkilotlarning oylik elektr energiyasi iste’moli ma’lum miqdor foizgacha kamaydi.