Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 27-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati ( 9- aprel Amir Temur tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq” Oqsaroy peshtoqidagi yozuv Maqsad: O`quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar
Doskada: “Amir Temur buyuk siymo, buyuk me’mor, buyuk madaniyatparvar, buyuk adolatparvar, buyuk yurtparvar va Buyuk Turon Amiri!”.