O’quv yili uchun ~ 1 ~



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/49
tarix17.09.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#144645
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 33 ~ 
 
uglevodlar – glukozaga, yog`lar – glitserin va yog` kislotalariga, nuklein kislotalar – 
nukleotidlarga parchalanadi. Bu bosqichda juda kam energiya ajraladi va barchasi issiqlik 
energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
2.
Ikkinchi bosqich. To`liqsiz parchalanish bosqichi. Bu bosqichning boshqa nomlari 
anerob, kislorodsiz, glikoliz, achish bosqichi nomlari bilan ham yuritiladi. Bu bosqich 
hujayra sitoplazmasida fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Glukozaning 
parchalanishida fosfat kislota va ADF ishtirok etadi va ATF hosil qiladi: 
C
6
H
12
O
6
+ 2ADF + 2H
3
PO

→ 2C
3
H
6
O
3
+ 2ATF + 2H
2
O ; 
Sut kislota 
Bu jarayon mexanizmi ko`p bosqichli murakkab bo`lib, hosil bo`ladigan modda riaksiya 
jarayoniga qarab o`zgarib turadi. Glikoliz jarayonida atseton, atsetat kislota, achish 
jarayonida esa karbonat angidrid va etil spirit hosil bo`ladi. Glikoliz jarayoni 
mikroorganizmlar, achish jarayoni esa bakteriya va zamburug`larning faoliyati natijasida 
amalga oshadi. Lekin barcha riaksiyalarda 2 molekula ATF hujayrada to`planadi. Bu 
ATF ajralib chiqqan jami energiyaning 40% ini tashkil qiladi. Bu bosqichda jami 200 kj 
energiya hosil bo`ladi. Uning 40% i ATF shaklida hujayrada to`planadi, 60% i esa 
issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
3.
Uchinchi bosqich. Bu bosqich kislorodli, aerob parchalanish nomlari bilan ham 
yuritiladi. Bu bosqich fermentlar yordamida tezlashtiriladi va hujayraning 
mitoxondriyasida kechadi. Oldingi bosqichda hosil bo`lgan barcha moddalarning 
kislorod ishtirokida parchalanishi kuzatiladi. Oksidlangan moddalarning barchasidan 
oxirgi mahsulot sifatida karbonat angidrid va suv hosil bo`ladi. Bu bosqichda 2600 kj 
energiya hosil bo`ladi. Bu energiyaning 44,6 % miqdori issiqlik energiyasi sifatida 
tarqalib ketadi, 55,4 % miqdori esa hujayrada ATF shaklida to`planadi. ATF shaklida 
to`plangan energiya 36 mol ATF ni tashkil qiladi: 
2C
3
H
6
O

+ 6O

+ 36ADF + 36H
3
PO

→ 36ATF + 6CO
2
+ 42H
2
O ; 
Anaerob va aerob (to`liq) parchalangan glukoza molekulasining umumiy tenglamasi 
quyidagicha: 
C
6
H
12
O

+ 6O

+ 38ADF + 38H
3
PO

→ 38ATF + 6CO
2
+ 44H
2
O ; 
Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita katta guruhga bo`linadi:
1.
Avtotroflar – anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarur bo`lgan organik 
moddalarni hosil qiluvchi organizmlar. 
2.
Geterotroflar – tayyor oziq moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin