2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 5 ~
tarkibida azotli asoslar 2 ga bo'linadi. Bular: purin va pirimidin azot asoslari. Purin azot
asoslariga adenine (A) va guanin (G) pirimidin azot asoslariga timin (T), sitozin (S yoki
TS) hamda RNKda timinning o'rniga uratsil (U) kiradi.
Barcha tirik organizmlarning hujayrasidagi eng muhim biopolimerlardan biri nuklein
kislotalarning monomeri bu – nuleotidlardir. Nukleozidga fosfat kislota birlashsa
nukleotid
hosil bo`ladi. Kimyoviy jihatdan DNK va RNK lar polimerlar bo`lib, ularning
monomeri nukleotidlardir Nukleotidlar 3 xil mod- da -
azot asosi, uglevod
va
fosfat
kislotadan
tarkib topgan. Nukleotiddan fosfat kislota ajralgandan keyin qolgan azot asosi
va uglevoddan iborat ikki komponentli birikma
nukleozid
deyiladi. Nukleozid bir, ikki,
uchta anorganik fosfat kislota qoldig‗i bilan birikkan bo'lishi mumkin, ular nukleozid
monofosfat, difosfat, trifosfat deb ataladi. Masalan, erkin nukleotidlardan ATF
(adenozintrifosfat)...
Nukleotidlar hujayrada erkin shaklda ham uchraydi va juda ko‗p fiziologik jarayonlarda
muhim o'rin tutadi. Bir qator erkin nukleotidlar fermentlarning faol koferment guruhlari
sifatida fermentning katalitik reaksiyalarini ta‘minlaydi, ular qatorida oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarida vodorodni qabul qiluvchi akseptorlar NAD va NADF, FAD,
ATF lar. Erkin nukleotidlar orasida eng muhimi ATFdir.
1950-yilda
E. Chargraff
barcha organizmlarning DNK molekulasida adeninning soni
timinnikiga, guaninniki esa sitozinning soniga doinio to'g'ri kelishini aniqladi ya`ni purin
asoslari soni doim pirimidin asoslari soniga teng bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: