2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 53 ~
Ovogenez jarayonida bitta diploid to`plamli birlamchi hujayradan faqat bitta gaploid
to`plamli yirik tuxum hujayra hosil bo`ladi. Qolgan 3ta hujayra tezda nobud bo`lib
ketadi.
Ovogenez va spermatogenez jarayonlari o`rtasida quyidagi farqlar mavjud:
1.
Ovogenez spermatogenezga nisbatan uzoqroq davom etadi. Odamda
spermatogenez uchun 9
haftaga yaqin, ovogenezga esa bir necha yillar ketadi.
2.
Spermatogenezda sitoplazma hamma hujayralarga teng taqsimlanadi. Ovogenezda
esa noteng taqsimlanadi.
3.
Spermatogenez 4ta bir xil spermatozoidning hosil bo`lishi, ovogenez esa faqat 1ta
yirik tuxum hujayraning hosil bo`lishi bilan tugallanadi.
4.
Ovogenezda shakllanish davri kuzatilmaydi.
Xromosomalar soni diploid bo`lganda 2n holatda bo`ladi. Gaploid bo`lganda n holatda
bo`ladi. Somatic
hujayralarda diploid holatda, jinsiy hujayralarda gaploid holatdagi
xromosomalar saqlanadi. O`simlikning tuxum
hujayrasida, urug` hujayrasida, spermiysida
xromosomalar gaploid holatda bo`ladi. Murtak xaltasida maysada, markaziy hujayrada,
o`sish konusida, barg epidermisida xromosomalar diploid holatda bo`ladi. Endospermda
esa xromosomalar triploid holatda bo`ladi. Har qanday organizmning 2n holatdagi
xromosomalarida jinsiy xromosomalar soni 2 ta bo`ladi. Qolgani autosoma hisoblanadi.
Erkak va u`rg`ochi organizmlarda autosomalar bir xil bo`ladi, faqat jinsiy xromosomalari
bilan farq qiladi: XX yoki XY;
Daun sindromi – erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi.Bu kasallikning kelib chiqishiga
sabab, 21 – juft autosoma xromasining bittaga oshib ketishi natijasida diploid to`plam 47
ta bo`lib qolishidir. Daun sindromida xromosoma ko`rinishi : 45 ta autosoma + 2 ta jinsiy