Rivojlantiruvchi : O`quvchilarni ongli tushungan holda o`qishga o`rgatish. DTS talablari asosida dars o`tish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK2 - turli axborot manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni topa olish. TK5 - milliy bayramlar va urf-odatlarni tushuna olish. FK1-hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi;
Dars shakli: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi:Suhbat metodi.didaktik o`yinlar, ifodali o`qish, musobaqa , muammoli izlanish munozara.
Dars jihozi: Amir Temur, Ulug'bek, Bobur, Alisher Navoiy portretlari, tarixiy obidalarimiz tasvirlangan rasmlar. Imkoni bo'lsa tarixiy muzeylarga asarni o'qishdan oldin sayohatlar uyushtirish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism : Salomlashish, davomotni aniqlash, sinf tozaligini tekshirish, navbatchi ishini baholash.
II.O`tgan mavzu yuzasidan savol javob o`tkazish va o`tilgan mavzuni mustahkamlash: 1. «Vatan — bu» she'rini yod ayttirish yoki ifodali o'qitish, she'rdagi ayrim so'z ma'nolarini izohlatish. Maqolni yod ayttirish. Tez aytish bo'yicha musobaqa uyushtiriladi.
III . Yangi mavzuning bayoni. Asarni o'qishga tayyorgarlik:
1. Nima uchun Vatanimizni ko'hna Vatan deyishadi? (Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkentdagi minoralar ko'rsatiladi).
2. Buyuk ajdodlaringizdan kimlarni bilasiz? Ular haqida eshitganlaringizni ayting.
3. Hikoyani o'qish; hikoya ifodali qilib o'qib beriladi.
4. Hikoya yuzasidan dastlabki suhbat: Hikoya nima haqida?
— Undagi sizga tanish ismlar — nomlar qaysilar?— Ular haqida nimalarni eshitgansiz? O'qituvchi ular haqidagi qiziqarli voqealardan qisqacha so'zlab beradi.
5. Lug'at ishi: o'qilishi qiyin so'zlar xattaxtada bo'g'inga bo'lib yoziladi, o'qilishi aytiladi:
O'z-be-kis-ton; To'maris, Alpomish, So-hib-qi-ron; e'-zoz-la-gan; mah-li-yo; ko-i-not; jan-nat-ma-kon; o-ra-li-g'i-da-gi; al-lo-ma-lar; if-ti-xor. Qiyin so'zlar plakatga yozib ilib qo'yilsa yanada yaxshi bo'ladi: