O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida



Yüklə 352,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix17.05.2023
ölçüsü352,47 Kb.
#115121
  1   2   3
109 буйруқ



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son
qaroriga muvofiq, 1-sinfiga qabul qilishda ota-onalarga qulaylik yaratish uchun
bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
davlat xizmatini joriy etish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi
295-son qarori bilan:
bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda
o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha
davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanganligi;
2023-2024-o‘quv yilida bolalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul
qilish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda 1-sinfga qabul bo‘yicha davlat
xizmati) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha
va maktab ta’limi vazirligining elektron davlat xizmatlari portali (my.maktab.uz)
orqali amalga oshirilishi;
har yili 20-iyundan – 31-iyulga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida
hamda 1-15-avgustga qadar mikrohududdan tashqari hududlardan 1-sinfga qabul
bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi inobatga olinsin.
2. 2023-2024-o‘quv yilida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
1-sinfiga qabul bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladigan tuman va shaharlar ro‘yxati
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq,
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan
(2023-2024-o‘quv yilida 2016-yilning 31-dekabr kunigacha tug‘ilgan) yilda qabul
qilinadi;
davlat xizmati joriy etilmagan tumanlardagi umumiy o‘rta ta’lim
maktablariga 1-sinfga qabul jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarorida belgilangan tartibda
umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi (keyingi
o‘rinlarda - an’anaviy shaklda) hamda maktabga qabul qilingan o‘quvchilar
vazirlikning elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi;


qabul jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida
bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ma’lumotlar (qabul rejasi, qabul vaqtlari,
biriktirilgan mikrohudud, davlat tilidan boshqa til bo‘yicha sinflar tanlangan
taqdirda, bolaning boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasini baholash bo‘yicha
savolnoma) maktab binosining barcha uchun ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi;
qabul qilish muddati tugagandan so‘ng, umumiy o‘rta ta’lim maktablari
tomonidan mikrohudud va mikrohududdan tashqari o‘quvchilar qabul qilinishiga
yo‘l qo‘yilmaydi;
umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga bolalarni o‘rnatilgan tartibda
qabul qilish hamda qabul jarayonlarini shaffof tarzda tashkil etishga maktab

Yüklə 352,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin