O’quvchi tarbiyasining obyekti va subyekti



Yüklə 19,1 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü19,1 Kb.
#209217
1   2   3   4   5
«Naqqoshlik san\'ati»

O’zbеk Naqqoshlik maktabini rivojlantirishda samarali hissa qo’shgan Olimjon qosimjonovning talantli shogirdi, Naqqoshlik bo’yicha o’ziga xos maktab yaratgan, juda ko’p shogirdlarning ustozi - O’zbеkiston xalq rassomi Jalil Xakimovdir. Ota-bobolarimizni qadimdan yaratib kеlgan naqshlarini qayta tiklashda ustaning xizmatlari kattadir. J.Xakimovning naqshlarini e'tibor bеrib kuzatsak, undagi naqshlar elеmеntlarga boyligi, aniq, rovonligi, yorqin yashil koloritda bo’lishi bilan ajralib turadi. U gulli girix kompozitsiyalarini juda ko’p ishlagan. J.Xakimov o’zbеk milliy Naqqoshlik san'ati an'analarini puxta egallagan, uni samarali davom ettirgan san'atkordir. Usta naqshlagan xontaxta, kursi, quticha va boshqa buyumlar dunyoning ko’pgina davlatlarida yuqori baholangan. Uning ijodi Sharq an'analari ruhida rivojlandi, tarixda o’chmas iz qoldirdi.

  • O’zbеk Naqqoshlik maktabini rivojlantirishda samarali hissa qo’shgan Olimjon qosimjonovning talantli shogirdi, Naqqoshlik bo’yicha o’ziga xos maktab yaratgan, juda ko’p shogirdlarning ustozi - O’zbеkiston xalq rassomi Jalil Xakimovdir. Ota-bobolarimizni qadimdan yaratib kеlgan naqshlarini qayta tiklashda ustaning xizmatlari kattadir. J.Xakimovning naqshlarini e'tibor bеrib kuzatsak, undagi naqshlar elеmеntlarga boyligi, aniq, rovonligi, yorqin yashil koloritda bo’lishi bilan ajralib turadi. U gulli girix kompozitsiyalarini juda ko’p ishlagan. J.Xakimov o’zbеk milliy Naqqoshlik san'ati an'analarini puxta egallagan, uni samarali davom ettirgan san'atkordir. Usta naqshlagan xontaxta, kursi, quticha va boshqa buyumlar dunyoning ko’pgina davlatlarida yuqori baholangan. Uning ijodi Sharq an'analari ruhida rivojlandi, tarixda o’chmas iz qoldirdi.
  • Xiva Naqqoshlik maktabi. Xiva naqshi Samarqand, Toshkеnt, Farqona, Buxoro naqshidan tubdan farq qiladi. Xiva naqshida asosan zangori va yashil ranglar juda ko’p ishlatilgan. Islimiy Naqsh kompozitsiyasida novda, marqula, shukufta, barg, no’xat, gul, oddiy oyguldan tashkil topadi. KO’pincha yulduz hosil qiluvchi girixlar ishlatilib, orasi spiralsimon islimiy Naqsh bilan boyitilgan. Xiva naqshlari umuman madoxilli naqshlar asosida tuziladi. Islimiy Naqsh esa spiralsimon mayda qilib ishlanadi. Xiva Naqqoshlik maktabining yorqin namoyandalari Abdulla Boltaеv, Ro’zimat Masharipov, Odamboy Yoqubov, Eshmurod Sapaеv va boshqalar.
  • Buxoro va samarqand Naqqoshlik maktablari. Buxoro naqshi kompozitsiyalarining murakkabligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi. Buxoro naqshlarida murakkab girixlar aniq va puxta o’lchamda ishlatilishi, o’simliksimon naqshlarning yaproq, mеva, gul barglar ritmiga alohida e'tibor bеrilishi bilan faro’lanadi.
  • Samarqand naqshlari Toshkеnt, Farqona naqshlariga o’xshab kеtadi. Samarqand naqshlari o’ta guldorligi, barg va gullarining o’ta harakatchanligi,jonliligi bilan farq qiladi. Naqshlar avval zangori, kеyin esa yashil rang gammasida ishlangan.
  • Usta Raµmonqul, usta Jamoliddin, usta Abduzoxid, usta Sharif, usta Alimjon, usta Boqi, kеyinchalik usta Jalol va Bolta Jalilovlar kabi naqqoshlar Samarqand Naqqoshlik maktabini yaratilishiga asos soldilar va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdilar.

Yüklə 19,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin