MAKTAB ma’lumotlar bazasi Maktab uchun ma’lumotlar bazasi loyihasini “Luna Modeler” dasturi yordamida tuzib olamiz. Ushbu baza 2 ta jadvaldan iborat bo‘ladi: o‘qituvchilar va o‘quvchilar jadvali.
O‘qituvchilar jadvalida maktabdagi o‘qituvchilar ro‘yxati, o‘quvchilarjadvalida esa o‘quvchilar ro‘yxati bo‘ladi va jadvalda ma’lumotning takrorlanmas raqami – id, ularning familiyasi ismi otasining ismi – fio, tug‘ilgan sanasi, sinf raxbarligi va sinfi kabi ustunlardan iborat bo‘ladi.
Keyingi qadamda “Maktab” ma’lumotlar bazasini Postgresql shellda tuzib olamiz va unga ulanamiz:
CREATE DATABASE maktab; \c maktab
Jadvaldagi ma’lumotlar quyidagicha:
\d SELECT * FROM oqituvchilar; SELECT * FROM oquvchilar;
Jadvaldagi ustun nomini o‘zgartirish va alifbo tartibida saralash:
ALTER TABLE oqituvchilar RENAME COLUMN sinf_raxbarligi TO raxbarligi; SELECT * FROM oquvchilar ORDER BY fio;
Alifbo tartibiga teskari saralash:
SELECT * FROM oquvchilar ORDER BY fio DESC;
Jadvaldagi ma’lumotlarni o‘zgartirish:
UPDATE oquvchilar SET sinfi=5 WHERE raxbari=1;
Jadvaldagi ma’lumotni o‘chirish:
DELETE FROM oquvchilar WHERE id=1;