O’quvchilar jamoasining shaxs rivojlanishidagi o’rnstrreplA


Jamoaga qanday talablar qo’yiladi?



Yüklə 16,03 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü16,03 Kb.
#193326
1   2   3   4   5
O’quvchilar jamoasining shaxs rivojlanishidagi o’rnirej a-fayllar.org

Jamoaga qanday talablar qo’yiladi? degan savol tug’ilishi mumkin.
Sinf faqat o’quv faoliyati birligi bo’libgina qolmasdan, balki o’quvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir. Z. Qo’ziyevning fikricha «jamoaga qo’yilgan umumiy talablarga ko’ra jamoa a’zolari quyidagilardan qoniqish hosil qilishlari kerak:

Jamoa a’zolariga:


  • ixtiyoriylik;


  • demokratik faoliyat;


  • so’z erkinligi;


  • tashabbuskorlik;


  • mastaqillik;


  • faollik;


  • ijodiy faoliyat ko’rsatishlari uchun imkoniyat yaratilishi kerak»1.


Jamoa va unga qo’yilgan talablar haqida gapirar ekanmiz, turli yoshdagi sinflarda jamoa tashkil etishning farqli tomonlari bormi? Ularning oziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? degan savol tug’ilishi tabiiy.


O’quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda turli farqlar bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo’l-yo’riqlarni belgilab bo’lmaydi.
Ayniqsa, boshlang’ich, V va IX sinflarda o’quvchilar jamoasini tashkil etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug’diradi. Bu sinflarda ko’pincha o’quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o’zgaradi. Shuning uchun o’quvchilar
jamoasini yangidan tuzishga to’g’ri keladi.
VI-VII sinflarda o’quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko’proq jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o’zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar, mehnat qilish malakalari va ko’nikmalarini rivojlantiradilar.
Sinf rahbari quyi va o’rta sinflarda bu ishlarni amalga oshirishda bolalar va o’smirlar uyushmasiga, yuqori sinflarda «Kamolot» tashkiloti yordamiga tayanadi.

Yüklə 16,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin