O’quvchilar musiqa sadolari ostida kirib keladilar.Madhiya kuylanadi.
Sahnaga ikki jarchi kirib keladi.
1-jarchi: Odamlaru odamlar.
2-jarchi:Bog’da bitgan bodomlar
1-jarchi: Eshitmadim demanglar
2-jarchi: Eshitganlar jilmanglar
1-jarchi:Bugun qadim Romitan tumanining qoq o’rtasidagi bilim maskanlarining birida katta bayram tantana.
2-jarchi:Bu yil ilk marotaba maktabning 1-‘A’ sinfiga qadam qo’ygan bolajonlarimiz o’zlarining savodxonlik bayramini nishonlamoqdalar:
Ikkalasi:Kelganlar darmonda kelmaganlar armonda Eh-he-he-e-e
O’qituvchi:Shirindirsiz shakardirsiz aziz farzand
Quyoshdirsiz qamardirsiz aziz farzand
Odobingiz maftun etsin ko’ngillarni
Muhabbatda samardirsiz aziz farzand
Quyoshdirsiz qamardirsiz aziz farzand
Assalomu aleykum hurmatli ota-onalar,mehri daryo buvijonlar, aziz ustozlar.Aziz bolajonlar bugun sizlar uchun eng quvonchli kun.Quvonchlarning cheki yo’q.Chunki siz kitoblarning eng to’ng’ichi Alifbe kitobini o’qib tugatdingiz.Sizlar ilk bora maktab ostonasiga qadam qo’yganingizda hali o’qishni yozishni bilmas edingiz.Qisqa vaqt ichida sizlar o’qish yozishni rasmlar chizishni qo’shiq aytib raqsga tushishni o’rganib oldingiz. Savodxon bo’ldingiz. Bu kun nafaqat sizlar uchun balki ota-onangiz buva-buvijonlaringiz uchun ham qutlug’ va unutilmas kundir. Biz ularni ham bugungi bayram bilan tabriklab xush kelibsiz aziz mehmonlar deymiz. Marhamat tinglab tomosha qiling.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar.Mana bugun 1-„A’’sinf o’quvchilari “Savodxonlik bayramini” o’tkazamiz. Marhamat ko’rib tomosha qiling.
2-boshlovchi : Bizning shior:
Hamma:’’Bulbul bo’lib sayraymiz,
Yurtimizni kuylaymiz.
boshlovchi: „Kelajak-biz yoshlar qo’limizda,deb nomlangan “Savodxonlik bayramiga“