O`quvchilar



Yüklə 130,62 Kb.
səhifə2/3
tarix23.04.2023
ölçüsü130,62 Kb.
#101670
1   2   3
3-kurslarga masalalar

GEOMETRIK MASALALAR
1. To’g’ri to’rtburchakning eni bo’yidan 3 marta qisqa. Agar shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri 72 sm bo’lsa, uning yuzini toping?
2. To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 42 sm bo’lib, u enidan 3 marta uzun. Shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri va yuzini toping?
3. Uchburchakning perimetri 126 sm. Bir tomoni 50 sm, ikkinchi tomoni undan 18 sm qisqa. Uchinchi tomonning uzunligini toping?
4. Uchburchakning perimetri 71 sm. Bir tomoni 18 sm, ikkinchi tomoni undan 11 sm ortiq. Uchinchi tomonning uzunligini toping?
5. Uchburchakning perimetri 64 sm. Bir tomoni 12sm, ikkinchi tomoni undan 2 marta uzun. Uchinchi tomonning uzunligini toping?
6. Uchburchakning perimetri 61 sm. Bir tomoni 24sm, ikkinchi tomoni undan 3 marta qisqa. Uchinchi tomonning uzunligini toping?
7. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi basseynning perimetri 80 m. Uning bo’yi enidan 10 m ortiq. Basseynning bo’yi va enini toping?
8. Tomonlari 25 sm va 16 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning yuziga teng bo’lgan kvadratning tomonini toping?
9. To’g’ri to’rtburchakning eni 42 sm bo’lib, u perimetrining 3/14 qismiga teng .
To’g’ri to’rtburchakning bo’yi va yuzini toping?
10.To’g’ri to’rtburchakning eni bo’yidan 4 marta uzun. Agar shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri 90 sm bo’lsa, uning yuzini toping?
11.To’g’ri to’rtburchakning eni 62 m 8 dm bo’lib, u enidan 4 m qisqa. Shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri va yuzini toping?
12.To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 54 m 6 dm bo’lib, u enidan 5 m uzun. Shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri va yuzini toping?
13.To’g’ri to’rtburchakning bo’yi enidan 5 marta qisqa. Agar shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri 144 sm bo’lsa, uning yuzini toping?
14.To’g’ri to’rtburchakning eni 124 sm bo’lib, u buyidan 4 marta uzun. Shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri va yuzini toping?
15.To’g’ri to’rtburchak tomonlarining uzunliklari 12 sm va 6 sm. Perimetri shu to’g’ri to’rtburchakning perimetriga teng bo’lgan kvadratning yuzini toping?
16.To’g’ri to’rtburchak tomonlarining uzunliklari 15 sm va 9 sm. Perimetri shu to’g’ri to’rtburchakning perimetriga teng bo’lgan kvadratning yuzini toping?
17.To’g’ri to’rtburchakning yuzi 560 sm2 va enining uzunligi 28 sm ga teng.
Perimetri shu to’g’ri to’rtburchakning perimetriga teng bo’lgan kvadratning
yuzini toping?
18.Uchburchakning perimetri 107 sm ga teng. Uning 1- tomoni 2-tomonidan 4 sm qisqa va 3- tomonidan 5 sm uzun bo’lsa, shu uchburchakning har bir tomonining uzunligini toping?
19. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi yer maydonining eni 1600 m, bo’yi esa enidan
500 m ortiq. Yer maydonining yuzini ar va gektarlarda hisoblang?
20.To’g’ri to’rtburchak shaklidagi ikkita gulzordan birining tomonlari 12m va 20 m, ikkinchisiniki esa 14 m va 17 m ga teng. Shu gulzorlardan qaysi birini o’rash uchun ko’p panjara kerak bo’ladi?
21.Bug’doy ekilgan yer maydoni to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, uning bo’yi
800 m, eni esa 300 m ga teng. Fermer yerning har gektaridan 50 sr dan hosil
olgan bo’lsa, u shu maydonda qancha bug’doy yetishtirganini toping?
22.Uchburchakning bir tomoni ikkinchisidan 3 marta qisqa, uchinchisidan esa 3
sm qisqa. Agar uning perimetri 33 sm bo’lsa, har bir tomoni uzunligini toping?
23.To`g`ri to`rtburchak shaklidagi panerning bo`yi 80 dm, eni 6 m.
Panerdan tomonlari 4 sm li kvadratchalar kesib olindi. Nechta kvadratcha kesib olish mumkin?
24.To’g’ri to’rtburchak shaklidagi hovlining tomonlari 28 m va 35 m. Hovlida tomoni 6 metr bo’lgan kvadrat shaklidagi uchta gulzor ajratilgan. Hovlining qolgan qismining yuzini toping?
25.To`g`ri to`rtburchak shaklidagi maktab hovlisining bo`yi 240 m bo`lib, enidan
60 m uzun . Uning 1/3 qismini sport maydonchasi egallagan. Qolgan qismi o’quv binosi, yo`laklar va gulzordan iborat. O’quv binosi, gulzor va yo`laklarning yuzini toping?

Yüklə 130,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin