O’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘llari va vositalari.
Jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilar shaxsini tarbiyalashda katta ta’sir etish imkoniyatiga ega. Bu imkoniyatlar darsni tashkil etilishdan boshlanadi, agar o‘qituvchi bu jarayonni boshqarsa, tarbiya vazifalari qo‘yilsa, bu holda ijobiy natijalarga erishadi, agar bu jarayon o‘z xoliga qo‘yib qo‘yilsa, xatto salbiy samara olish mumkin.
Darslarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ba’zi bir o‘qituvchilar o‘quvchilar psixologik tayyorlashga ahamiyat bermaydilar. Bunda asosiy o‘rinni o‘quvchilarni mashqni bajarishi, o‘z holatini mustaqil boshqara bilishiga jalb etishlik egallashi kerak. Masalan, rejalashtirilgan jismoniy yuklarni bajarishga irodani taryuiyalab vujudga kelgan tolishni va qo‘rquvni yengib o‘tishga butun kuchni sarflash zarur.
Darsda asosiy e’tiborni o‘quvchilarni jismoniy takomillashuv talablariga extiyoj hosil qilishga qaratiladi. Extiyoj – bu shaxsni ma’lum faoliyatlariga jalb etish biln harakterlanib, yashash shartini zaruriyati, sifatida idrok qilinadigan, psixologik holatdir.
O‘quvchilar bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallabolib, o‘zaro bir-biri bilan, o‘qituvchi bilan musobaqada bo‘lib, o‘z-o‘ziga xizmat qilishni, intizomga, mehnat qilishga, jamiyat mulkini saqlashga o‘rganadilar. Bunday munosatlar juda ko‘p va ular doimo o‘qituvchining diqqat e’tiborida bo‘lishi kerak. O‘qituvchi ularni ko‘radi, to‘g‘rilaydi, nazorat qiladi, zaruriy tomonga yo‘lantiradi. Bu muomala va munosabatlarning kutilmaganda yuz beradigan intizom formalariga e’tibor berib, ahloqiy rivojlantirishlari uchun bor imkoniyatdan foydalanmog‘i kerak.
Pedagog bolalarni tabiatga nisbatan salbiy munosabatini ko‘ra bila turib befarq qaramasligi, mashqni yaxshi bajara bilmagan o‘quvchi ustidan yo‘l qo‘ymasligi kerak. Darsni tashkil etishning an’anaviy usuli katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega, qaysiki o‘qituvchi ma’lum talablarni qo‘yib butun jarayonni ko‘z oldida to‘tishi zarur.
Bu talabalar asosan quyidagilardan iborat:
darsga sinchiklab tayyorgarlik ko‘rish, darsda mehnatga bo‘lgan munosabatni vujudga keltirish, o‘kish vaqtida javobgarlikni xis ettirish va extiyotkorlik muomalasini vujudga keltirish;
darsda birgalikdagi faoliyatning muvaffaqqiyat sharti bo‘lgan mehnat intizomini saqlash;
o‘rgatishni samaradorligi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro munosabat, o‘zaro hurmatni etik me’yorlarini saqlash;
jihozlarga, asbob anjomlarga jamiyatni moddiy mulki ehtiyotkorlik bilan qarashga o‘rgatish;
komandalarni benuqson bajarish, saflash va qayta saflash, kollektiv faoliyatini muvaffaqqiyatli sharti ekanligini to‘g‘ri tushinish;
zaruriy jihozlarni tayyorlash va ularni yig‘ishtirishda katnashish, o‘z- o‘ziga xizmat qilishni kollektiv faoliyati sifatida qarash;
yagona formani talab etish, o‘z ramziga ega bo‘lishlik vatanparvarlik va o‘z kollektivini yutuq va muvaffaqqiyatlarini xis etishga o‘rgatish;
o‘rtoqlari muvaffaqqiyatsizliklari ustidan qo‘lishni ka’tiyan taqiqlash.
An’analarni o‘rgatish uchun birinchi darslar qulay sharoit yaratadi. Bu darslarda bolalar o‘qituvchini har qanday tartib intizom taklifini qabul qilishga tayyor turadilar.
Shunday qilib, darsda tarbiyaviy tarbiyaviy maqsad bo‘lgandagina u dars tarbiyalaydi. Ammo bir dars jarayonida xech qachon maqsadga erishib bo‘lmaydi, chunki bir darsda shaxsiy sifatlar xech qachon shakllanmaydi. Ularni amalga oshirish uchun amaliyotni ko‘rsatishiga qaraganda vazifalarni o‘quvchilar orasida xaqqoniy to‘g‘ri taqsimlab shu vazifalarni 6-8 darslar davomida takrorlash maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda muntazam ravishda, qo‘yilgan talablarni
so‘zsiz bajarilishini talab etish, unga sharoit yaratib berish hamda o‘quvchilar faoliyatlarini doimo baholab borish zarur.
Dars seriyalariga qo‘yilgan maqsad, qator vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish orqali hal etiladi. Shunday qilib vazifa maqsadga erishish bosqichi hisoblanadi.
Agar masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarda insonparvarlikni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, bu holda u qator vazifalarni izchillik bilan hal etmog‘i zarur: bolalarda o‘z o‘rtoqlariga nisbatan qadr-qimmatni o‘yg‘otish, o‘rtoqlarini muvaffaqqiyatsizliklaridan qo‘lmaslik, do‘stlari bilan umumlashish vaziyatini yaratish, darsda va darsdan tashqari xollarda o‘zaro yordam qoidasini kiritib borish zarur. O‘quvchilarni ozodlikka o‘rgatib borib, kostyum, oyoq kiyimi, soch tarashi, mashg‘ulot o‘rni, asbob –anjomlarga qator talablarni kiritib borish zarur. Bunda bir vaqtni o‘zida axloqiy va estetik tarbiya vazifalari hal etilib beriladi.
Darsning tarbiyaviy imkoniyati o‘quv materialini mazmunidan kelib chiqadi. Saf mashqlari, birgalikda bajarilgan harakat faoliyatlari intizomni tarbyailaydi. O‘yinlar bolalarda o‘zaro aktiv munosabatni oshiradi, demak o‘rtoqlik, jamoatchilikni tarbiyalaydi. Harakatli o‘yinlarni tarbiyaviy imkoniyatlari ularni mazmunidan iboratdir. Masalan, “Kosmonavtlar”, “Otlik sportchilar” tengqurlariga nisbatan diqqat muomalasini tarbiyalaydi.
O‘qituvchining sportchilarni qahramonliklari haqidagi suhbati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni e’lon qilganida darsning me’yori buzilmasiligi kerak.
Vazifalarni qo‘yish jarayonida o‘quvchilarda ularda qanday bajarish haqida aniq tushuncha hosil qilish zarur. Shundagina o‘quvchilarga qo‘yilgan vazifalarga nisbatan ongli muomalal va faolligi ortadi. Agarda qo‘yilgan vazifalarni har xil usullar bilan hal etish imkoni bo‘lsa, ularni aytib o‘quvchilarga eng yaxshi variantlarini tanlab olishlari uchun berishlari kerak. Ayniqsa buni yuqori sinqlarda dars o‘tganda amalga oshirish zarur.
Qo‘yilgan vazifalar vaqt limitiga muvofiq bo‘lishi va uning irodasi o‘quvchilarga tushunarli bo‘lib uni bajarishi darajasi o‘zlarini baholay bilishlari kerak.
Har bir darsda o‘qituvchi ko‘p vazifalarni hal etadi, ammo asosiy diqqatni o‘tilayotgan dars vazifasiga qaratadi. O‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan bunday vazifalar darsga ikkita uchta kiritilishi mumkin (ayniqsa sport o‘yinlarida). Ularni o‘qituvchi darsning boshlanishida o‘quvchilarga e’lon qilinadi. Shuning bilan birga darsni tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ahamiyati olg‘a turmog‘i kerak. Masalan, o‘quvchilarni ikki tomonlama o‘yinga jalb etib, g‘alabaga erishish uchun jamoa bo‘lib ko‘rinishni ahamiyatini eslatib qo‘ymog‘i zarur.
Darsni vazifasi, ularni qo‘yilishi va o‘quvchilar ongiga yetkazilishida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni boshqa formalari bilan chambarchas bog‘lig‘ligini unutmaslik kerak.
Har bir o‘qituvchi shuni yodda to‘tishi kerakki, rasmiyatchilik munosbati bilan qo‘yilgan vazifalarga o‘quvchilar ham rasmiyatchilik munosabati bilan qo‘yilgan vazifalarga o‘quvchilar ham rasmiyatchilik munosabati bilan javob beradilar.
Jismoniy tarbiya darsini boshqa fan predmetlaridan asosiy farq qiluvchi tomonlari zal sharoitida va sport maydonlarida shug‘ullanuvchilarni o‘quv faoliyatlarini tashkil etilishining qiyinchiligidan iborat.
Bu rejada o‘qituvchilarni jaroxatlanish xavfini oldini olishlikda o‘qituvchi ustiga katta ma’suliyat va javobgarlik yuklatiladi. Bu pedagogni qo‘yilgan vazifadan kelib chiqib, dars mazmuni va uni o‘tish joylarini shunday tashkil qilishlari kerakki, yuqori ta’lim, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy samaradorlikka erishib, vaqtni bexudaga sarflanishini, jarohatlanishni oldini olishi kerak.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish uchun dars amaliyotida shug‘ullanuvchilarni boshqarishni oldingi usullaridan foydalaniladi.
Maktabda “Alpoimsh” va “Barchinoy» kompleksi bo‘yicha ish tartiblarini ko‘rsatishga, kompleks normativlari ancha baland va ularni o‘zlashtirish uchun ma’lum muddat tayyorgarlik talab etiladi.
“Alpomish” va “Barchinoy” bo‘yicha ishlar o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasini va ularni salomatlik holatlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu ma’lumotlarni o‘quvchilar oktabr-noyabr oylarida to‘plashi mumkin. Bu ishlar bilan parallel ravishda suzishni bilmaydigan va “Alpomish” va “Barchinoy” normasini topshirishdan ozod etilgan o‘quvchilarni aniqlab boriladi.
Bu ma’lumotlar o‘qituvchiga keyingi ishlarida topshiruvchilarni sonini aniq bilash, o‘quv reja ishlaridagi kamchiliklarni aniqlash, har bir sinflan nishondorlarni tayyorlash uchun o‘quvchilar sonini aniqlash, ularni dastlabki tayyorgarlik darajasini hisobga olish imkonini beradi.
“Alpomish” va “Barchinoy” kompleksi bo‘yicha hamma ishlarni tashkil etish uchun maxsus komissiya tuziladi, ularning ro‘yhati maktab direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi: sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, boshlang‘ich harbiy ta’lim rahbari, turistik ishlarni tashkil etuvchi, jismoniy tarbiya faolligi kengashining raisi.
Amaliyotni ko‘rsatishicha, talab va me’yorlarni topshirishga tayyorgarlikni eng qulay va yaxshi formasi –muntazam faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport guruhlari to‘garaklarni hisoblanadi. Guruhlar bir xil tayyorgarlikdagi va yoshdagi o‘quvchilardan tuzilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazishga, ayniqsa, kichik va o‘rta guruhlarga jamoatchi instruktorlar jalb etiladi.
Tayyorgarlikni ma’lum davrlarida mashg‘ulotlarni vazifasi va mazmuni, normalarni topshirish grafigi va “Alpomish” va “Barchinoy” kompleksi talablari bilan aniqlanadi.
UJT guruhlarida mashqlanish mashg‘ulotlarini tashkil etish jismoniy tarbiya darsiga o‘xshaydi.
UJT guruhlaridagi ishlarni alohida bir biridan ajratish maqsadga muvofiqdir. Agar, masalan, qizlarga “Barchinoy” normalari bo‘yicha koptokni yoki granata uloqtirish o‘quv me’yorlarini topshirish qiyin bo‘lsa, shu mashqlarni katta e’tibor berib, uyga vazifa ham berib orish maqsadgi muvofiqdir. Ko‘pchilik bolalarga turnikda tortilish, normativini topshirish qiyin. Shunday ekan to‘garak mashg‘ulotlarida muskul kuchini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlarni (yelka kamariga) ko‘proq berib borish kerak. O‘quvchilarda bunday alohida muskul guruhlari rivojlanishi orqada qolishini, ishlarni rivojlantirish jarayonida albatta hisobga olish kerak.
Kompleks me’yorlarini qabul qilish bo‘yicha musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Har bir musobaqada bolalarda mashhur voqea sifatida iz qoldirishkerak. Alohida xollarda me’yorlarni nazorat darslarida qabul qilish mumkin.
Har bir tur bo‘yicha musobaqalarni yiliga 2-3 marta o‘tkazish zarur.