O’ninchi mashg’ulot Mashq: «Assalomu alaykum!» Ishtirokchilar xonada erkin aralashib ketadilar.
Trener: Sizlarga bir-biringiz bilan salomlashish uchun quyidagicha ogohlantirish beraman. Agar men qo’l siltasam-qo’l bilan ko’rishasiz, ikkinchi bor qarsak chalsam, yelka bilan salomlashasiz.
Mashq: «YOqtiraman – yoqtirmayman» Quyidagi yozuvlar qayd qilinishi mumkin: kollyej (maktab)ga mehr, ta’til, fasl, kiyinish, matematika, fizika. Ishtirokchilar harakatlanadilar. Ishtirokchilar afzal hisoblagan doirachaga o’z qog’ozchlarini yopishtiradilar.
Munozara: Birinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati: Partadoshim meni mashg’ulotdan chalg’itdi, natijada «Xulq-atvorim» uchun «Ikki» oldim.
Ikkinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati: Mening o’rtog’im foyda uchun do’stlashishni taklif qildi .
Uchinchi guruhcha uchun muhokama vaziyati: O’rtog’im meni aldadi.
O’n birinchi mashg’ulot Men va mening o’qituvchim Mashq: «Munosabat doskasi». Mashg’ulotdan oldin devorga bir nechta vatman qog’oz osib qo’yiladi.
Ko’rsatma: Doskada (vatman qog’ozda) o’qituvchingiz bilan munosabatda paydo bo’lgan nafratingizni qayd qiling.
Mashq: «So’zsiz salomlashish» Guruh a’zolarining imo-ishora va mimika orqali salomlashishi. Aylana bo’lib harakatlanib, shu tartibda takrorlaydilar ovoz bilan ishlash taqiqlanadi.
Mashq: «Kollyej (maktab)-yaxlit bir olam». Ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar. Har biri kollyej (maktab)ni so’z orqali ifodalashi kerak: direktor, o’qituvchi, qalam, flomaster. Kim oxirgi so’zni ifoda etsa, g’alaba qozonadi.
Munozara uchun vaziyat: Birinchi guruhchaga topshiriq: Ideal o’qituvchining psixologik portretini chizing. Qanday xarakter xislatlarni egallashi kerak?
Ikkinchi guruhchaga topshiriq: «YOmon»o’qituvchining psixologik portretini chizing va uning xarakter xislatlarini izohlang.
Uchinchi guruhchaga topshiriq: Zamonaviy o’qituvchining psixologik portretini chizing. Uning sifatlarini qayd qiling.