O’QUVCHILARNI MURAKKAB MATNLI MASALALARNI YECHISHGA
O’RGATISH
Voxidov Ulug'bek Burhonovich
Sirdaryo viloyat Xovos tuman 5-sonli maktab
Annotasiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida matematika darslarida
o’quvchilarni murakkab matnli masalalarni yechishga o’rgatish bayon etilgan.
Kalit so’zlar: matematika, masala, o’quvchi, matnli masala.
TEACHING PUPILS TO SOLVING COMPLEX TEXT PROBLEMS
Voxidov Ulug'bek Burhonovich
School №5, Syrdarya district, Syrdarya region
Abstract: This article describes how to teach students how to solve complex
text problems in mathematics classes in high schools.
Keywords: mathematics, problem, student, text problems.
Masala - bu kundalik hayotimizda uchraydigan vaziyatlarning tabiiy tildagi
ifodasidir. Masala asosan uch qismdan iborat bo’ladi.
1. Masalaning sharti - o’rganilayotgan vaziyatni xarakterlovchi ma’lum va
no’malum miqdoriy qiymatlar hamda ular orasidagi miqdoriy munosabatlar
haqidagi ma’lumot demakdir.
2. Masalaning talabi - masala shartidagi miqdoriy munosabatlarga nimani
topish kerakligini ifodalash demakdir.
3. Masalaning operatori - masala talabini bajarish uchun shartdagi miqdoriy
munosabatlarga nisbatan bajariladigan amallar yig’indisi.
Murakkab masalalarni yechish, uni sodda masalalarga ajratish va shu sodda
masalalarni yechishga keltiriladi.
Murakkab masalalarni yechish qo’yilgan savolga ma’lumot tanlash mashqlari
bilan boshlanadi. Masalan: «Poezd 10 soatda qancha masofani o’tganligini topish
uchun yana nimani bilish kerak?», «3 l sut uchun qancha pul to’landi?», «Polizni
chopish uchun 5 fermer xo’jalik necha ish kuni sarf qilishdi?» va hokazo. Savollarni
mana bunday shaklda ham qo’yish kerak: «Maktabning beshinchi sinflaridagi
o’quvchilar sonini xisoblash uchun nimani bilish kerak?», «Bir nechta kostyum tikish
uchun material sotib olish kerakligini qanday ma’lumotlardan topish mumkin?» va
hokazo. O’quvchilar ma’lumotlarni aytishlari, ularning son qiymatlarini
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
608
www.openscience.uz
ko’rsatishlari, masalani yechadigan amalni aniqlashlari, shuningdek, masalaning
yechilishini tekshirishlari kerak.
O’quvchilar tarkibida bir necha ma’lum sonlar va bir necha izlangan sonlar
bo’lgan murakkab masalani yechishda bu murakkab masala ajraladigan sodda
masalalarni tuzishda qiynalib qolmasliklari uchun 2 ta yoki 3 ta sodda masaladan
tashkil topgan murakkab masalalar tuzishni mashq qilishlari foydalidir. Buning uchun
o’quvchilarga birin–ketin ikkita sodda masala beriladi, bu masalalardan birining
javobi ikkinchisining son ma’lumotlaridan biri bo’ladi. So’ngra ikkala masala
oraliqdagi savolni tashlab o’qiladi.
Masalan:
1-masala. Baliq ovlaydigan kema 4 oyda 162,8 t kilka ovladi. O’quvchilar: kema
o’rta hisobda bir oyda necha tonna baliq ovlagan, degan savol qo’yadilar, amalni
aytadilar (bo’lish) va uni bajaradilar: 162,8 t : 4 = 40,7 t.
2-masala. Baliq ovlaydigan kema norma bo’yicha bir oyda 25 t baliq ovlashi
kerak edi, u bir oyda o’rta hisobda 40,7 t kilka ovladi. Kema o ’rta hisobda bir oyda
rejadan tashqari necha tonna kilka ovlagan?
Ikkinchi masala ayirish bilan yechiladi:
m
m
m
7
,
15
25
7
,
40
=
−
.
So’ngra ikkala masalaning shartlari bitta qilib birlashtiriladi, birinchi masalaning
savoli tashlanadi. Bunday masala kelib chiqadi.
Baliq ovlaydigan kema 4 oyda 162,8 t kilka ovladi. Oylik norma 25 t. Kema
o’rta hisobda bir oyda rejadan tashqari necha tonna kilka ovlagan?
Yechim bunday yoziladi:
1) 162,8 t : 4 = 40,7(t);
2) 40,7–25=15,7 (t).
Murakkab masalaning yechilishi quyidagi qismlardan iborat:
1) masalaning mazmunini o’quvchilar tushunib olishi;
2) masalani tahlil qilish va reja tuzish (murakkab masalani sodda masalalarga
ajratish va yechish rejasini tuzish);
3) masalani yechish (amallar tanlash, ularni bajarish, yechishning borishini va
hisoblashlarni yozish);
4) yechishni tekshirish.
1–masalaning mazmunini o’zlashtirish uchun o’quvchilar bilan quyidagi usulni
tajriba qilib qurish mumkin. O’qituvchi masalaning raqamini aytadi va o’quvchilarga
masalaning shartini ovoz chiqarmasdan o’qib chiqishni, shartlarini tushunib olishni
buyuradi. Shundan keyin chaqirilgan o’quvchi masalaning shartini takrorlaydi. Bu
usul o’quvchilarni kitobdan mustaqil foydalanishga o’rgatadi.
2-masala. A shahardan B shaharga bir vaqtda Matiz, Spark va Lasetti yo‘lga
chiqdi. Lasetti B shahargacha yetib borib tezda orqaga qaytdi. B shahardan 18 km
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
609
www.openscience.uz
yurib Sparkni, 25 km yurib esa Matizni uchratdi. Spark B shahargacha yetib borib
tezda orqaga qaytdi va B shahardan 8 km yurib Matizni uchratdi. A shahardan B
shahargacha bo‘lgan masofa necha km?
Yechish:
𝑉
1
− Lasetti, 𝑉
2
− Spark , 𝑉
3
− Matiz tezligi, S-masofa
𝑆−18
𝑉
2
=
𝑆+18
𝑉
1
;
𝑆−25
𝑉
3
=
𝑆+25
𝑉
1
;
𝑆−8
𝑉
3
=
𝑆+8
𝑉
2
;
𝑉
1
𝑉
2
=
𝑆+18
𝑆−18
;
𝑉
𝑉
1
=
𝑆−25
𝑆+25
;
𝑉
2
𝑉
3
=
𝑆+8
𝑆−8
;
Hadma-had ko‘paytirsak:
𝑉
1
𝑉
2
∙
𝑉
3
𝑉
1
∙
𝑉
2
𝑉
3
=
𝑆+18
𝑆−18
∙
𝑆−25
𝑆+25
∙
𝑆+8
𝑆−8
;
(𝑆 + 18)(𝑆 + 8)(𝑆 − 25) = (𝑆 − 18)(𝑆 − 8)(𝑆 + 25)
2𝑆
2
= 144 ∙ 50 𝑆
2
= 144 ∙ 25
𝑆 = 12 ∙ 5 𝑆 = 60 Javob: 60 𝑘𝑚
3-masala. Motorli qayiq birinchi marta oqim bo‘yicha 60 km, oqimga qarshi 30
km yurish uchun 7 soat sarfladi. Ikkinchi marta oqim bo‘yicha 30 km va oqimga
qarshi 20 km yurish uchun 4 soat sarfladi. Motorli qayiqning turg‘un suvdagi tezligi
va oqimning tezligini toping?
Yechish: Qayiqning turg‘un suvdagi tezligi -
𝑥 km/h; oqim tezligi - 𝑦 𝑘𝑚/ℎ deb
belgilaylik.
{
60
𝑥+𝑦
+
30
𝑥−𝑦
= 7
30
𝑥+𝑦
+
20
𝑥−𝑦
= 4
Agar
1
𝑥+𝑦
= 𝑢;
1
𝑥−𝑦
= 𝑣 deb belgilasak,
{
60𝑢 + 30𝑣 = 7
30𝑢 + 20𝑣 = 4
⇒ 𝑢 =
1
15
; 𝑣 =
1
10
; {
𝑥 + 𝑦 = 15
𝑥 − 𝑦 = 10
⇒
𝑥 = 12,5
𝑘𝑚
ℎ
; 𝑦 = 2,5
𝑘𝑚
ℎ
;
Javob:
Qayiqning turg‘un suvdagi tezligi 12,5 𝑘𝑚/h; oqim tezligi 2,5 𝑘𝑚/h
4-masala. Hovuzga 2 ta quvur o‘tkazilgan. Birinchi quvur bo‘sh hovuzni 10
soatda to‘ldiradi. Ikkinchisi esa 15 soatda bo‘shatadi. Hovuz bo‘sh bo‘lgan vaqtda
ikkala quvur birdaniga ochilsa, hovuz necha soatdan keyin to‘ladi?
Yechish: Hovuzni 1- quvur
𝑥 soatda to‘ldirsin,
2-quvur esa
𝑦 soatda bo‘shatsin, quvurlar bir vaqtda ochilsa, hovuz 𝑡 soatda
to‘lsin. U holda
1
𝑥
−
1
𝑦
=
1
𝑡
tenglik o‘rinli bo‘ladi, bunda
𝑥 =10, 𝑦 =15 , 𝑡 =?
1
𝑡
=
1
10
−
1
15
=
3−2
30
=
1
30
,
𝑡 = 30
Javob: 30 soat
5-masala.
20 % li va 40 % li eritmalar aralashtirilib, 34 % li 500 gramm eritma
hosil qilindi.
Har bir eritmadan necha grammdan aralashtirilgan.
Yechish:
𝑝
1
= 20 ; 𝑝
2
= 40 ; 𝑝
1+2
= 34 ; 𝑉
1
= 𝑉
2
=?
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
610
www.openscience.uz
{
20𝑉
1
+40𝑉
2
500
= 34
𝑉
1
+ 𝑉
2
= 500
⇒ - {
𝑉
1
+ 2𝑉
2
= 850
𝑉
1
+ 𝑉
2
= 500
⇒ 𝑉
2
= 350
𝑉
1
= 500 − 350 = 150
Javob: 150
g , 350𝑔
Maqolada matematika darslarida o’quvchilarini tenglamalar tuzib masalalar
yechishga o’rgatish metodikasini, algebraik materiallarni o’rgatishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanish usullari ko’rsatib berildi.
Dostları ilə paylaş: |