O‘quvchilarning oila vakillari uchun tashkil etiladigan seminar va treninglarda amal qilinishi lozim bo‘lgan tamoyillarni ko‘rsating seminar va trening ma’ruza emas, umumiy ishdir



Yüklə 12,6 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü12,6 Kb.
#193119
diagnostika


1 O‘quvchilarning oila vakillari uchun tashkil etiladigan seminar va treninglarda amal qilinishi lozim bo‘lgan tamoyillarni ko‘rsating. 1) seminar va trening ma’ruza emas, umumiy ishdir. 2) ishtirokchilarning yakuniy natijasi pedagog tajribasidan ortiqroqdir. 3) seminar va treningda faol ishlash majburiy emas. 4) ishtirokchilarning yoshi, tajribasi, ish joyi va lovozimini inobatga olish kerak. 5) o‘qituvchi ota-onalarni raqobat yoki qarama-qarshi qo‘yuvchi mashqlardan foydalanmaydi
2. Darsda yaratilgan qanday taʼlimiy muhit oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan qiziqishini (motivatsiyasini) oshishiga imkon beradi? 1) Oʻquvchida fanni oʻrganish zarurati, ahamiyati, maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi tushunchaning shakllanganligi; 2) Ijobiy psixologik muhitning yaratilganligi; 3) Oʻquv faoliyatini tashkil etishda har bir oʻquvchi bilan individual ishlash; 4) Taʼlim jarayonida ijodiy yondashuv ragʻbatlantirilsa; 5) Har bir bajarilgan topshiriq uchun alohida eʼtibor, maqtov va boshqalarga namuna sifatida koʻrsatish;
3Sinfda partalarni joylashtirish shakllariga nisbatan bildirilgan quyidagi mulohazalarning qaysilarini eng maqbul deb hisoblaysiz? 1) Partalarni joylashtirish shakli oʻquv maqsadlariga mos boʻlishi kerak. Masalan, hamkorlik koʻnikmasini rivojlantirishda kichik guruhlar shaklidan, butun sinf muhokamasini tashkil etishda esa “P” joylashuv shaklidan foydalanishi mumkin. 2) Partalarning joylashuvi oʻquvchilarning talab va xohishiga qarab joylashtirilishi lozim 3) Barcha holatlar uchun partalar joylashuvining ideal shakli mavjud boʻlmasa-da, partalar joylashuvi oʻquv materiali qanday taqdim etilishiga qarab oʻzgartirilishi kerak 4) Zamonaviy oʻqitish texnologiyalarini joriy etish maqsadida partalar kichik guruhlarda ishlash shaklida joylashtirilishi kerak 5) Partalarning joylashuv shakli oʻqituvchi uchun qulay boʻlishligi, uni sinf xonasida harakatlanish erkinligini taʼminlashi zarur
4. Pedagogik innovatsiyaning mohiyati qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?



taʼlim jarayoniga yangi pedagogik gʻoya va yondashuvlarni joriy etish



taʼlim muassasalarining oʻquv rejalarini tubdan yangilash



taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini zamonaviylashtirish



taʼlim jarayonida oʻqitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish
5. Yosh oʻqituvchi adabiyot darsida “Oʻtgan kunlar” filmidan videolavha namoyish qilishni rejalashtirgan. Unga videolavhadan darsda samarali foydalanish boʻyicha qanday maslahat bergan boʻlardingiz?
6. Oʻqituvchi: “...endi, mavzuni yaxshiroq eslab qolish uchun jadval tuzamiz.” Sinfdan norozi ovozlar eshitildi: “Xoʻsh, nega endi?”, “Keling, jadval qilmaylik”! “Biz jadvalsizam eslab qoldik”. Oʻqituvchi (nima qilishini bilmay sukut saqlaydi, keyin): “Mayli, biz jadval tuzmaymiz, shunchaki eslatma tayyorlaymiz”. Yana sinfdan norozi ovozlar: “Nega eslatma?” “Keling, yaxshisi jadval qilamiz”! va hokazo. Oʻqituvchi: “Kechirib qoʻyibsiz, yoʻq, jadvalni xohlamadingizmi, endi eslatma qilamiz, oldinroq oʻylashingiz kerak edi!”- dedi. Oʻqituvchi nimalarda xatoga yo‘l qo‘ydi?
7. Sinfda bir necha bor dars o‘tilganidan so‘ng, o‘quvchilardan biri o‘qituvchiga samimiy tarzda yuzlanib, “Dars juda qiziqarli bo‘ldi va keyingi darslar ham qiziqarli bo‘ladi deb umid qilamiz.” - dedi.O‘qituvchining javobi qanday bo‘lishi kerak? 1) o‘ylaymanki bu sizlarga ham bog‘liq bo‘ladi 2) buning uchun men astoydil harakat qilaman 3) bilim olmoqchi bo‘lgan insonga hamma narsa qiziq bo‘ladi 4) bu gapingizni xushomad deb qabul qilaman 5) tashakkur bildiraman va e'tiboringiz uchun minnatdorman 6) istasangiz darsdan keyin qo‘shimcha dars o‘tishim mumkin



2,4,6



3,4, 5



1, 2, 6



1,3, 5
8 Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti qaysi ta’rifda to‘g‘ri keltirilgan?
9Darsda oʻquvchi yangi atamani notoʻgʻri talaffuz qilganligi uchun butun sinf oʻquvchilari uning ustidan kulishdi va u yigʻlab yubordi. Bu vaziyatda oʻqituvchi qanday yoʻl tutish kerak. 1) hamma inson ham xato qilish mumkinligini tushuntirish 2) kulgan oʻquvchilarga tanbeh berish 3) birovning ustidan kulish yomon odat ekanligini tushuntirish 4) buyuk insonlar ham xatolar qilib mashxur boʻlganliklari haqida aytib berish 5) kulgan oʻquvchilarga nisbatan intizomiy chora koʻrish
10. O‘qituvchi darsda topshiriq berganda o‘quvchilardan biri uni bajarmasdan rasm chizib o‘tirdi. O‘qituvchining harakati nimalardan iborat bo‘lishi kerak?
Yüklə 12,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin