O`quvchilarning ovqatlanish gigienasi


O`quv binosi, jihozlari va obodonligiga bo`lgan gigienik talablar



Yüklə 78 Kb.
səhifə3/4
tarix01.07.2022
ölçüsü78 Kb.
#62575
1   2   3   4
OVQATLANISH GIGIENASI

2. O`quv binosi, jihozlari va obodonligiga bo`lgan gigienik talablar.
O`quv binosi transport qatnovi katta bo`lgan yo`l yaqiniga, shovqin, tutun va chang chiqariladigan zavod, fabrika va boshqa kinoteatr, bozorlardan uzoqroqda qurilishi kerak.
SHahar joylarida maktab bilan o`quvchilarning uyi o`rtasidagi masofa 1-1,5 km dan oshmasligi kerak. Qishloq joylarida esa bu masofa 3-5 km dan oshgan bo`lsa maxsus transport ajratilishi kerak.
Umumiy o`rta ta`lim maktab yer uchastkasining sathi kamida 1,7-3,0 gektar bo`lishi kerak. Atrofdagi yer sathiga nisbatan maktab joylashgan joy biroz balandroq bo`lsa yomg`ir suvlarining oqib ketishiga qulaylik tug`iladi. Bu joyning tuprog`i quruq bo`lmog`i kerak.
O`quv binosi bilan ko`cha o`rtasida 15-20 m kenglikda manzarali daraxtlar ekiladi. Bu uchastka himoya zonasi deyiladi. U o`quv binosini ko`cha shovqini, shamol va changdan to`sib turadi.
Axlat to`planadigan yashik, hojatxona va xo`jalik zonasi o`quv binosidan 25 m masofada joylashishi kerak.
Sinf xonasi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,07-01 protsentdan oshmasligi kerak, aks holda talabalar nerv sistemasining tez charchab qolishiga va o`zlashtirishining pasayishiga sabab bo`ladi. Harorati 16-180 S, nisbiy namlik 40-60 % ga teng bo`lishi kerak.
Xona jixozlari: parta, doska va boshqalar talabalarning yoshiga moslashgan bo`lishi kerak. Bu narsa yoshlarni mashg`ulotlar bajarishi uchun qulay bo`ladi, uning gavdasi, ko`krak qafasi, umurtqa pog`onasi normal taraqqiy etadi.
O`quv maskanlarida fizika ximiya laboratoriya kabinetlari 1 yoki 2 o`rinli stol -stullar bilan jihozlanadi. Stol elektr shtepsellari, gaz va suv krani bilan ta`minlanadi. Havoni tozalab to`rish uchun murili shkaf bilan ta`minlanishi kerak.
Har bir talaba yoshni uyida dars tayyorlash uchun maxsus ajratilgan burchagi bo`lishi kerak. Bu burchak derazaga yaqin joylashgan bo`ladi. Stol ustida 60-70 vatt quvvatga ega bo`lgan elektr lampasi bo`lib, u yashil soyabon bilan qoplangan bo`lishi kerak. Deraza va lampa yorug`ligi chap tomondan tushgani ma`qul.

Yüklə 78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin