ishlab chiqarishdagi ishchilar ish haqi - α×600 ming so'm;
uskunaning qiymati - α×6 mln. so'm (xizmat ko'rsatish muddati - 10 yil, amortizatsiya ajratmasi proporsional ravishda ajratiladi).
Ishlab chiqarish hajmi 1 oyda α×3 ming donaga teng. Bir dona ruchka narxi α×1 000 so'm bo'lsa, firmaning o'rtacha o'zgarmas, o'rtacha o'zgaruvchan va o'rtacha umumiy xarajallari hamda firmaning foydasi topilsin.
Masala № 3. O'n dona mahsulotning marjinal qiymati $ 9, marjinal daromad $ 18. Agar har bir keyingi mahsulot birligining chiqarilishi bilan marjinal xarajatlar $ 1 ga oshsa va marjinal daromad $ 2 ga kamaysa, o'z foydasini maksimal darajada oshiradigan kompaniya qancha mahsulot ishlab chiqaradi?
Masala № 4.Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firmaning umumiy xarajatlari funksiyasi TC=0,2Q2+4Q+80 ko'rinishida berilgan, bu yerda Q - ishlab chiqarish hajmi, ming dona hisobida. Firma mahsulotining bozor narxi 12 AQSh doll. ga teng bo'lganda firmaning maksimal foydasi aniqlansin.