Oraliq nazorat



Yüklə 25,15 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü25,15 Kb.
#205393
  1   2   3
1-ON


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Toshkent Moliya instituti

“Masofaviy Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti
“Iqtisodiyot nazariyasi”
fanidan
ORALIQ NAZORAT

Tayyorladi: MHBA 62/23 talabasi


Ergasheva Gavhar
Qabul qiluvchi: Fan o’qituvchisi
Xurshid Asatullayev
Vаriаnt 3

  1. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.

  2. Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi.

  3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari.

JAVOBLAR:
1. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilish, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shartsharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi. Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1.Umumiy iqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib borish qonuni,
2.Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.
3. Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.

Yüklə 25,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin