Оранжевая основа



Yüklə 449,16 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü449,16 Kb.
#46626
file name



Estetik tuyg‘uning rivoji-

tarbiyaning muhim tarkibiy

qismi sifatida


Reja:

• Estetik taraqqiyot va shaxsning



estetik ongi

• Estetik tarbiyaning vazifalari

• Ta'lim-tarbiya ishlarida o‘zbek xalq

amaliy san'ati



Estetik taraqqiyot va shaxsning

estetik ongi

• Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik

faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab

etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy

va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi. 

Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning

estetik jihatdan rivojlanishida ma'lum maqsadga qaratilgan

ta'lim va tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi.

• Estetik ehtiyoj – kishi borliqni, badiiy faoliyatni uning har xil

ko‘rinishlarida estetik idrok etishga undovchi sub'ektiv omildir. 

Estetik ehtiyoj go‘zallik to‘g‘risidagi fanning 

rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishga

undaydi.

• Estetik qiziqish shaxsni san'at asarlarini, tevarak-atrofdagi

borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yo‘naltiradi. 

Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi.

• «Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» 

tushunchasi ham mavjuddir.




Estetik tarbiyaning vazifalari

• 1. Bolalarni hayotdagi, voqyelikdagi go‘zallikni

tushunishga, sevishga, tabiatda va turmushda, 

yaratuvchilik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilar

xatti-harakatida bolalarga tushu-narli bo‘lgan

go‘zalliklarni ko‘ra bilishga o‘rgatish. 

• 2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, 

musiqa, qo‘shiq, rasm va boshqalar) yaratilgan san'at

asarlarini ko‘rish, tushunish va sevishga o‘rgatish orqali

ularda estetik ong qirralarini shakllantirish

• 3. Bolani san'atning turli sohalari: ashula, o‘yin, she'r

o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‘yin, 

hikoya qilib, rasm chizish, biror narsa yasash yoki

qurish) ka-bilarda yanada faolroq harakat qilish va

o‘zini ko‘rsata bilishga o‘rgatish



Ta'lim-tarbiya ishlarida o‘zbek xalq

amaliy san'ati

• San'at yuksak estetik zavqning, kishi

xursandchiligining tuganmas manbai bo‘lib

xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda u har bir

kishining rivojlanishi, ma'naviy boyishi uchun

ham vositadir.

• Bolalar maktabgacha ta'lim muasassasida

ganch, chinni, yog‘och, loy, plastilindan xilma-

xil buyumlar, o‘yinchoqlar yasash mumkin. 

Bolalar o‘yinchoqlarining yaxshi

namunalaridan guruh xonasini bezatishda

foydalansa bo‘ladi.



Yüklə 449,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin