228
Propirkada 2 g kraxmalga 10 ml suv solinadi va chayqatiladi.
Aralashma bir oz tindiriladi va suv to‘kib tashlanadi. So‘ngra yana 10
ml suv qo‘shib chayqatiladi va bir oz tindirib suv to‘kib tashlanadi.
Probirkadagi kraxmalga yana 10 ml suv qo‘shib aralashma
chayqatiladi va u 10 ml qaynab turgan suvga quyiladi. tiniq kraxmal
kleysteri hosil bo‘ladi.
8.
Kumush oksidning ammiakdagi eritmasi.
Probirkaga
kumush nitratning 1% li eritmasidan 3-5 ml solinadi va chayqatib
turgan holda hosil bo‘lgan kumush gidroksid cho‘kmasi erib
ketgunicha dastlab unga ammiakning 10% li eritmasidan tomchilab
qo‘shiladi. Bunda kumush ammiakli kompleks hosil bo‘ladi.
Tayyorlangan eritmani uzoq muddat saqlash mumkin emas. Chunki
kumush ammiakat asta-sekin parchalanib, nam holida kuchli
portlaydigan kumush nitrit hosil qiladi. Shuning uchun ham bu reaktiv
bevosita tajribani boshlashdan avval kerakli miqdorda tayyorlanadi.
9.
Dostları ilə paylaş: