9
Laboratoriya idishlari asosan TU (termik barqaror), XU-1 va XU-2
(kimyoviy barqaror) markali shishalardan tayyorlanadi.
1-15 rasmlarda laboratoriya amaliyotida qo'llaniladigan shisha idishlar
keltirilgan.
Oddiy va kalibrovka qilingan probirkalar
(1-rasm)
oz miqdordagi reaktivlar
bilan ishlashda qo'llaniladi. Reaktivning egallagan hajmi probirka hajmining
yarmidan ortmasligi kerak
Laboratoriya stakanlari
(2-rasm)
turli olchamlarda chiqariladi (burunli yoki
burunsiz, oddiy yoki o'lchamli belgilari bilan). Stakanlar turli laboratoriya ishlarini
bajarishga mo'ljallangan.
1-rasm. Probirkalar: 2-rasm.Kimyoviy stakanlar: a-burunchali;
a-oddiy; b-burunchasiz; v - kalibrovka qilingan.
b-kalibrovka qilingan.
Laboratoriya amaliyotlarida turli o'lcham
va shakldagi kolbalar keng
qo'llaniladi (tubi yumaloq va konussimon)
(3-rasm).
a b
3-rasm. Kolbalar: a - tagi dumaloq; b – konussimon
Vyurs kolbasi 60-80° burchakda egilgan shisha trubkali tubi yumaloq kolba
(4-rasm).
Undan gaz olishda, atmosfera bosimida suyuqliklarni haydashda
foydalaniladi. Yumaloq tubli kolbalar har xil: keng va tor bo`g`izli, uzun va kalta
bo`g`izli, bir, ikki, uch va to`rt bo`g`izli bo`ladi.
Nay chiqarilgan, deflegmator
o`rnatilgan, nasadka o`rnatilgan, yumaloq tubli kolbalar haydashning turli hollarida
ishlatiladi.
10
a b v
4-rasm. Haydash kolbalari: a-Vurs kolbalari: b-Klyayzen kolbalari: v-Favorskiy
kolbasi.
Voronkalar
(5-rasm).
Kimyoviy voronkalar suyuqliklarni filtrlashda, bir
idishdan ikkinchi idishga quyishda ishlatiladi. Suyuqliklarni
reaksion aralashmaga
oz-oz miqdorda qo'shish uchun uzun nayi bor har xil shakldagi tomizgich
voronkalar ishlatiladi. Ajratgich voronkalar qalin shishadan tayyorlanadi. Ularning
suyuqlik quyiladigan naychasi tomizgich voronkaning nayiga nisbatan qisqaroq
bo`ladi. Bu voronkalar aralashmaydigan suyuqliklarni bir-biridan ajratishda,
moddalarni ekstraksiya qilishda ishlatiladi.
5-rasm. Voronkalar: a-kimyoviy; b-tomizgich; v-ajratkich
Deflegmatorlar
(6-rasm)
suyuqliklar
aralashmasini haydash, yani ikki
suyuqlikni bir-biridan to`la ajratish uchun ishlatiladi. Deflegmator ichidagi nay
sirti har xil usullar bilan kengaytiriladi. Sirtni kengaytirish naydagi konussimon
egiklar hisobiga amalga oshiriladi. Egiklar shunday joylashganki deflegmatorlar
ichida huddi spiral joylashganligi o`hshaydi. Natijada modda bug`larining o`tish
yo`li uzayadi. Deflegmatorlar sifatida shisha munchoq
yoki shisha halqachalar
to`ldirilgan shisha kolonkadan foydalanish mumkin.
11
6-rasm. Deflegmatorlar: a-sharikli: b-archasimon: v-nasadkali.
Organik reaksiyalarning ko`pi qizdirilganda ko`pincha reagentlar
qaynatilganda boradi. Shuning uchun aralashmadagi komponentlar bug`lanib
chiqib ketmasligi uchun reaksion aralashma solingan idishga qaytarma sovutgich
ulanadi.
Laborotoriya
praktikasida
shisha
sovutgich
ishlatiladi.
Bug`
kondensasiyalanib, reaksion aralashmaga qaytib tushishi uchun sovutgich idishga
qaytarma qilib ulanadi. Oddiy qaytarma sovutgich havo sovutgichi bo`lib, u oddiy
uzun shisha naydan yasaladi. Bunday sovutgich qaynash temperaturasi 150
0
C dan
yuqori bo`lgan moddalar bug`ini suyuqlikka aylantirish uchun ishlatiladi
(7-rasm).
7-rasm. Sovutgichlar: a-havo sovutgichi: b-Libih sovutgichi: v-sharikli
sovutgichi: g-ichki nayi spiral shakldagi sovutgich:
d-Dimrot sovutgichi
Hozirgi vaqtda laboratoriyada ishlari uchun standart shlifli shisha idishlar
ishlatiladi. Shlif asbobni germetik berkitib turadi. Shlifli asboblarda ishlanganda
olingan moddalar probkalar bilan ishlaganda olingan moddalarga nisbatan ancha
toza bo`ladi. Chunki shliflar temperatura va har hil reagentlar tasiriga chidamli.
Shliflar bir necha hil: yassi, konussimon va shar shaklda bo`ladi. Ko`p
idishlarning shliflari konussimon shaklda tayyorlanadi
(8, 9-rasm).
12
8-rasm. Shlifli kolba va sovutgichlar.
9-rasm. Shlifli nasadkalar, tomizgich voronkalar va shlifli alonj.
Dostları ilə paylaş: