Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Idishni mexanik va fizik tozalash usullari



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Idishni mexanik va fizik tozalash usullari 
 
Suv bilan yuvish. Kimyoviy idish smola, yog`simon yoki boshqa suvda 
erimaydigan moddalar bilan ifloslanmagan xollarda idishni issiq suv bilan yuvish 
mumkin. Agar idishni devorlarida suv tomchilari qolmasa yoki suv yupqa bir tekis 
qatlam hosil qilsa idishni toza deb hisoblash mumkin.
Agar idish devorlarida qandaydir tuz yoki cho’kma qoldiqlari bo’lsa, idishni 
suv bilan namlab shyotka bilan tozalash kerak
Organik moddalarni tozalash usullari 
 
Organik sintezning eng muhim vazifalaridan biri toza holatdagi organik 
moddalar hosil qilish va ajratib olishdir. Reaktsiya natijasida sintez qilib olingan 
asosiy moddalar reaktsion aralashmada qo`shimcha moddalar bilan aralashgan 
holda bo`ladi va u “hom” mahsulotlar deyiladi. Bu “hom” mahsulotda 
qo`shimcha moddalar sifatida sintez uchun olingan dastlabki moddalarning 
reaktsiyaga kirishmay qolgan qismi, reaktsiyani olib borishda ishlatiladigan 
erituvchi va reaktsiya natijasida hosil bo`ladigan oraliq moddalar bo`lishi mumkin. 
Shuning uchun bunday “hom mahsulotlar” ni tozalashda tabiiy birikmalarning 
murakkab aralashmasidan toza moddalar ajratib olish lozim bo`ladi, bunda 
ularning eruvchanligiga qarab turli erituvchilarda eritish (ekstraktsiya), kristallga 
tushirish, fil’trlash, ularning qaynash haroratiga qarab haydash va turli 
xromatografiya metodlaridan foydalaniladi. 
Moddalarni kristallga tushirish 
 
Qattiq moddalarni tozalashning eng muhim usullaridan biri qayta kristallga 
tushirish usulidir. Buning uchun tozalanishi kerak bo`lgan kristall modda biror 
qaynoq erituvchida to`yingan eritma hosil qilguncha eritiladi. Qaynoq to`yingan 
eritma burma fil’tr orqali fil’trlanadi, so`ngra sovitiladi. Buning uchun doira 
shakldagi fil’tr qog`ozini oldin ikkiga, keyin to`rtga buklab, keyin elpig`ichga 
o`xshab ochilsa, unga o`n oltita buklov hosil bo`ladi. 
Qaynoq eritmalarni fil’trlashda filtrli voronka maxsus elektroplitka bilan 
isitiladi yoki “issiq filtrlash voronka”sidan foydalaniladi. Natijada modda 
tozalanib, sovigach kristallga tushadi. 
Moddalarni kristallga tushirish uchun erituvchi tanlashda tozalanishi kerak 
bo`lgan moddaning fizikaviy va kimyoviy xossalariga ham e`tibor berish kerak. 


14 
10-rasm. 
Oddiy filtrlash usuli
Tozalanayotgan modda (kristallga tushuvchi) tanlangan erituvchida sovuqda 
yomon erishi, qizdirilganda yaxshi erishi kerak. Bundan tashqari, erituvchi bilan 
tozalanuvchi modda o`zaro kimyoviy reaktsiyaga kirishmasligi lozim. Masalan, 
fenollar, karbon kislotalar, spirtlar va molekulasida gidroksil guruhi bor boshqa 
moddalar suvda yaxshi eriydi, uglevodorodlar esa petroley efir yoki benzinda 
yaxshi eriydi. Ammo bu qoida oddiy tuzilishga ega bo`lgan moddalar uchun 
tegishli bo`lib, murakkab tuzilishli moddalar uchun hamma vaqt ham to`g`ri 
kelavermaydi. Shunga ko`ra biror moddani qayta kristallga tushirish maqsadida 
ishlatiladigan erituvchi tajriba yo`li bilan topiladi. Buning uchun bir nechta 
probirka olib, ularning har biriga taxminan 0,1-0,2 g dan modda solinadi, so`ngra 
har bir probirkaga turli erituvchilardan 1-2 ml dan quyib, modda eriguncha 
qizdiriladi. Barcha probirkalar bir xil sharoitda sovitiladi, bunda qaysi probirkada 
ko`p kristall hosil bo`lsa, o`sha probirkaga solingan erituvchi tanlanadi. Agar 
moddani kristalga tushirishda individual erituvchilar yaxshi natija bermasa, u holda 
erituvchilar aralashmasi ishlatiladi. Qayta kristallga tushirish uchun erituvchi 
tanlangandan so`ng shu moddadan kerakli miqdorini tarozida tortib olib, qaytarma 
sovitgichga ulangan yumaloq tubli kolbaga solinadi va tanlangan erituvchidan 
ozroq miqdor quyiladi, aralashma suv hammomida qaynatiladi va qaytarma 
sovitgich orqali erituvchidan shunday miqdorda quyish kerakki, eritma qaynaganda 
moddaning hammasi erib ketishi kerak. Hosil bo`lgan aralashma yana 10-15 minut 
davomida qaynatiladi. Qattiq holatdagi rangli ko`p moddalarga qo`shimcha 
moddalar aralashgan bo`ladi, bu qo`shimcha moddalar qayta kristallanib toza 
kristall modda hosil bo`lishiga xalal beradi. Shuning uchun bunday moddalarni 
qayta kristallga tushirishda ular rangli eritmani rangsizlantirishi uchun eritmaga oz 


15 
miqdorda tozalanishi kerak bo`lgan modda massasining 1-2% gacha 
faollashtirilgan ko`mir qo`shiladi. Ko`mir qo`shishidan oldin eritma bir oz 
sovitiladi, chunki eritmaga faollashtirilgan ko`mir qo`shilganda undan ko`p havo 
chiqishi natijasida eritma shiddatli qaynab, toshib ketishi mumkin. So`ngra 
aralashma 5-10 minut davomida qaytarma sovitgich yordamida qaynatiladi. 
Qaynatilganda ham erimay qolgan mexanik aralashmalar, hamda ko`mir qaynoq 
holda fil’trlanadi va fil’trat sovutiladi. 
Ba`zi moddalarning kristallanishi yoki kristallanish markazining hosil 
bo`lishi juda qiyin boradi. Bunday hollarda moddalarning kristalllanishini tezlatish 
maqsadida idish devorini shisha tayoqcha bilan ishqalash yoki kristallga 
tushayotgan moddaning kristalidan ozroq qo`shish kerak. Odatda, ko`p 
moddalarning to`liq kristallanishi bir necha soat davom etadi. 
Kristallga tushgan moddalar vakumm ostida Byuxner voronkasida fil’trlanib 
qo`r eritmadan (ko`pincha kimyo laboratoriyalarida vakuum yoki kamaytirilgan 
bosim hosil qiluvchi suv nasoslaridan foydalaniladi) ajratiladi (11-rasm).
11-rasm. Vakumda filtrlash: 1-Bunzen kolbasi, 2- Byuxner voronkasi, 
3- himoya idishi, 4-suvli vaakum-nasos 
So`ngra ajratilgan kristallar sovuq erituvchi bilan yuviladi va quritiladi. 
Hosil qilangan kristalllarni yanada tozalash maqsadida qayta kristallantiriladi. 
Qayta kristallantirilgan moddaning tozaligi suyuqlanish harorati, solishtirma 
og`irligi va boshqa fizikaviy konstantalarini o`lchash yo`li bilan aniqlanadi 
Oz miqdor kristall moddalarni ajratishda probirkasimon so`rg`ichlar 
ishlatiladi

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin