Izomeriya terminini fanga 1830-yilda Berselius kiritgan.
Izomeriya mohiyatini 1864 – yilda Butlerov o’zining tuzilish nazariyasini ikkinchi qoidasi orqali tushuntirib bergan.
Izomeriya (“izos” – teng va ”meros’’ – qism manosini bildiradi) – tarkibi va molekulyar massasi bir hil lekin tuzilishi va hossalari bilan farq qiluvchi moddalar izomerlar deyiladi.
Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi u hosil qiladigan bog'lanish soniga mos kelmaydi, ya'ni shu elementning valentligiga teng emas.
Ma'lumki, organik birikmalarda uglerodning oksidlanish darajasi
—4 dan 0 va +4 gacha bo'lishi mumkin.
Masalan,
metan CH4 da — 4,
metanol CH3OH da -2;
metanal HCHOda - 0;
chumoli kislota HCOOH da +2;
CO2da esa +4 ga teng,
Shu sababli, organik kimyoda oksidlanish darajasi tushunchasi o'rniga valentlik tushunchasi qo'llaniladi. Uglerod atomining qo'zg'algan holatdagi valentligi doimo 4 ga teng, ya'ni u to'rtta kovalent bog'lanishga ega.
Uglerod atomining oksidlanish darajasi