Organik birikmalarning kislotaliligi va asosliligi. Organik birikmalarning kislotali va asosli xossalariga ta’sir qiluvchi omillar. Brensted-Louri va Luis nazariyalari. Usanovich nazariyasi. -OH, -NH, -CH va -SH kislotalar. Amfoter birikmalar. Kislota va asos kuchlarini tuzilish nazariyasi asosida tushuntirish. Organik birikma molekulasi xossalariga ta’sir qiluvchi boshqa omillar. Birikma xossalariga harorat, bosim, kislotali, asosli va neytral muhitlarning ta’siri. Qattiq, yumshoq kislota va asoslar.
4
Organik birikmalar molekulasining fazoviy tuzilishi. Asimmetrik uglerod atomi va optik izomeriya. Vant-Goff va Le-Bellarning fazoviy tuzilishi nazariyasi. Organik birikmalarning fazoviy tuzilishi va xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Stereokimyo elementlari. Struktura va fazoviy izomeriya. D, L va R,S nomenklatura. Optik izomerlarni sintez qilish va ajratish usullari.
5
Alifatik qator uglevodorodlari tuzilishi va kimyoviy xossalari orasidagi bog‘liqlik. Alkanlarning tuzilishi va reaksion qobiliyati. Alkenlarning tuzilishi va reaksion qobiliyati. Alkadiyenlarning tuzilishi va xossalari. Alkinlarning tuzilishi va kimyoviy xossalari. “Tuzilish” va “xossa” munosabatlari. Kimyoviy bog‘ning uzilish turlari. Organik reaksiya mexanizmlarining birikma tuzilishi va reaksiya sharoitiga bog‘liqligi. Organik reaksiyalarning borishiga substrat tuzilishi va reagent tabiatining ta’siri. Qo‘shimcha jarayonlar va ularning ketish sabablari.
6
Siklik birikmalarning tuzilishi va xossalari. Siklik birikmalarning tuzilishi. Konformatsion shakllari. Barqarorlik sabablari. Sikloalkanlardagi burchak, Pitser va Prelog kuchlanishlari. Siklogeksan va uning hosilalarining konformatsiyalari, ekvatorial va aksial bog‘lar, siklogeksan hosilalarining geometrik izomeriyasi.