Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 711
w www.oriens.uz May 2022 Vaqt o’tishi bilan daromadning o’zgarmasligi sababli, iste’mol xarajatlari
haqidagi ma’lumotlar (hozirgi daromadlar bilan taqqoslaganda) nafaqat uy
xo’jaliklarining hozirgi turmush darajasining eng yaxshi ko’rsatkichi, balki uzoq
muddatli farovonlikning etarlicha ishonchli ko’rsatkichi sifatida ham qo’llaniladi.
Bu omil aholi daromadlarining katta qismi statistik hisobdan yashirilgan
mamlakatlar uchun ayniqsa muhimdir.Shu nuqtai nazardan, eng muhim markerlardan
biri oziq-ovqat sarf-xarajatlarining dinamikasidir: u qanchalik yuqori bo’lsa, moddiy
boylik past bo’ladi va aksincha. Uy xo’jaliklari tanlanma kuzatish statistikasiga ko’ra,
aholining iste’mol xarajatlari tarkibi sezilarli darajada o’zgardi. Aholining iste’mol
xarajatlari tarkibida oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan xarajatlar ulushi 2020-yilda
46% ga kamaydi (2010-yilda 61% dan), nooziq-ovqat
mahsulotlari uchun to’lovlar ulushi 33% ga (26% dan), xizmatlar 20,0% ga
(13% dan) oshdi. Shunday qilib, xarajatlar tarkibiy o’zgarishlar hayot standartlarining
yuqori standartlarga erishish faktini tasdiqlaydi, lekin bu ko’rsatkich bo’yicha biz
oziq-ovqat xarajatlari ulushi 20% dan ortiq bo’lmagan Evropa mamlakatlari, ortda
qolmoqdamiz(diagramma 1). 1-diagramma Yangi iste’mol modelining kuzatilgan shakllanishi iste’molni xizmatlarga
yo’naltirishning aniq o’zgarishini aniqlash imkonini beradi, bu esa o’z navbatida
omon qolish modelidan barqaror rivojlanish modeliga o’tishni bilvosita tasdiqlaydi,
bu esa ta’lim va sog’liqni saqlash tizimiga sarmoya kiritish uchun manevr bo’lishi
mumkin, bu esa inson kapitalining mutlaqo boshqa sifatini shakllantiradi.
Iqtisodiyotning asosiy ijtimoiy xizmatlarga, jumladan, sifatli ta’lim va sog’liqni
saqlashga bo’lgan imkoniyatlarini kengaytirish barqaror o’sishning muhim belgisidir.
Hozirgi kunning o’ziga xos xususiyatlaridan biri - ta’limga qaralilgan
xarajatlarining past darajadaligi( 1,5%, ta’lim tizimining barcha darajalarida to’lovlar