Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 493,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix08.05.2023
ölçüsü493,72 Kb.
#109268
1   2   3   4   5   6   7   8   9
-1 Jurayev Sherali Soibnazar ogli 16-24

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
20 
w
uz
www.oriens.
April
2022
 
Maxluqot yaratilganidan so’ng, yaratuvchisiga ehtiyoji qolmaydi, hatto 
yaratuvchi mahv etilsa ham maxluqot yashashda davom etadi, xuddi quruvchi 
yo’qolsa ham bino saqlanib qolgandek. 
Aksariyat kishilar quyidagilarni ta’kidlaydilar: 
Agar Yaratuvchi Zot yo’qolib qolgan taqdirda ham dunyoning mavjudligiga 
zarar yetmaydi. Dunyo faqat shakllanish jarayonida, ya’ni y’oqlik borliqqa, reallikka 
aylanayotganligida Yaratuvchi Zotga ehtiyoj sezadi. Dunyo qachon Yaratuvchi Zotga 
ehtiyoj sezish uchun shakllanadi va yo’qlikdan borliqqa, reallikka aylanadi? 
Ibn Sino esa quyidagilarni bayon etadi: 
“Ular aytadilar:deydi, o’zining “Ishorat va Tanbihot” asarida – “ Agar dunyo 
mavjudligi uchun yaratilgan zotga ehtiyoj sezsa, har bir mavjudot shu jumladan 
yaratuvchi zot ham boshqa bir yaratuvchiga ehtiyoj sezadi va bu hol cheksiz davom 
etadi. Biz ushbu muammoning mohiyatini tushuntiramiz va qanday xulosaga kelishni 
ko’rsatamiz.5
Nasihat. Biz “yaratdi”, “yasadi, qildi”, “bunyod etdi” kabi atamalarni sodda 
tarkibiy qismgacha tahlil qilishimiz kerak, bizning maqsadlarimizga mos 
kelmaganidan foydalanmasligimiz kerak. Agar biror bir narsa avval mavjud 
bo’lmagan bo’lsa, va boshqa bir narsa tufayli shakllangan bo’lsa, biz uni yaratilgan 
ya’ni mahluqot deb ataymiz, uning boshqa yaratilganlar bilan tengligi yoki 
umumiyligi, boshqa alohida xususiyatga ega ekanligi biz uchun ahamiyatga ega emas. 
Mavjud bo’lmagan narsa o’zi kelib chiqqan narsa tufayli xohish-istak yoki tabiat yoki 
tabiiy ko’payish, yoki umuman bulardan boshqa bir vosita yordamida shakllanadi. 
Lekin hozir biz bunga to’xtalmaymiz. Balki bular yaratilgan narsalar uchun 
ortiqchalik qilar. Yaratilganning teskari tushunchasi va uning mavjudligiga sabab 
bo’lgan narsani yoki birlikni yaratuvchi deb ataymiz. Bu muvozanatni isboti sifatida 
quyidagini keltirish mumkin. U (yaratuvchi) narsani biror bir vosita, harakat, xoxish-
istak yoki tabiat yordamida yaratgan. Ushbu to’ldirishlarning keltirilishi harakat 
borlig’iga zid kelmaydi yoki ushbu tushuncha (tarkibi) takrorlanishiga yo’l 
qo’ymaydi. Ziddiyatga keladigan bo’lsak yaratmoq tushunchasi tabiatda bo’lgan 
tushunchalarni istisno qiladi. Kimdir tabiatan yaratdi (tabiat vositasida yaratdi) deyish 
mumkin va bu holat oddiygina yaratdi lafzi bilan ham ifodalanishi mumkin. 
Yaratmoq tushunchasining tarkibida xohish-istak tushunchasi mavjud. Kimdir aytishi 
mumkin (xohish-istagiga ko’ra yaratdi) ushbu holat “inson hayvondir” lafziga 
muvofiq kelishi mumkin. 
5
O’sha asar., 269-273 – betlar



Yüklə 493,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin