Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
she-riy-nutqning-lingvistik-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
608 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
qo‘llanilgan. Bulutlarning kattakattaligi va ko‘pligini ifodalsh maqsadida esa “beshik-
beshik” so‘zidan foydalanadi, natijada shoira ham yangi individual so‘z takrorini 
yaratmoqda , ham ajoyib metaforik o‘xshatish hosil qilmoqda. Bu jarayon takroriy 
so‘z va metaforik o‘xshatish kompozitsiyasini hosil qilish bilan birgalikda she’rga 
o‘ziga xos ohang, musiqiylik berib, badiiylikni kuchaytirshga xizmat qilmoqda. 
She’riy parchani o‘qir ekanmiz, tasvirlanayotgan joy, voqealar ko‘z oldimizda 
namoyon bo‘ladi. 
Badiiy uslub til birliklaridan foydalanishda ijodkorga nihoyatda keng 
imkoniyatlar yaratib beradi. Bunda biror mazmun va obraz yaratishda ijodkor 
tilida mavjud shakllardan tashqari yangi modellar ham hosil qilish mumkin. Zero 
bunda eng asosiy maqsad badiiylikni yuzaga chiqarishdan iborat bo‘ladi. Badiiy 
matnda biror maqsad yo‘lida hosil qilingan ijodkorning individual uslubigagina 
xos bo‘lgan yangi shakllar okkazionalizmlar deyiladi. 
Zulfiyaning “Oltin kuz” she’rida mana shunday individual, hech kimda 
uchramaydigan so‘zga guvoh bo‘lamiz: 
Men g‘amgin boqmayman, ko‘nglimda bahor, 
Oltin yaproqlarga qarab tolmayman. 
Yasan kelinchakday har bir daraxtni 
Sevaman! Nigohim uza olmayman.
4
 
Kuz ko‘pincha ayriliq ramzi sifatida shoira asarlarida tasvir ob’ektiga aylangan. 
Yuqoridagi she’rda lirik qahramon, ya’ni shoiraning o‘zi kuzga o‘zgacha yondashadi. 
Chunki uning qalbida bahor kayfiyati hukm surmoqda. Oltin yaproqlar bezangan 
daraxtni yasan kelinchakka o‘xshatmoqda. “Yasan” so‘zi aslida fe’l so‘z turkumiga 
oid bo‘lib, yasamoq fe’lining o‘zlik nisbatdagi shakli hisoblanadi. Yasanmoq fe’li 3-
shaxs birlikdagi buyruq istak shaklida matnda qo‘llangan. Ammo bu fe’l boshqargan 
kelinchakday so‘zi yasan fe’lini o‘tgan zamon –gan formasida bo‘lishini talab qiladi. 
Agar shoira ushbu birikmani kelinchakday yasangan tarzida aslida qo‘llasa, 
inversiya sodir bo‘lmasa, misralar ohangdoshligiga putur etishi mumkin edi. Bu 
misolda shoira tomonidan qo‘llangan yasan so‘zi morfologik-sintaktik okkazionallik 
hosil qilmoqda. 
Shoiraning “Tun” she’rida ham so‘zni noodatiy qo‘llanishiga guvoh bo‘lamiz: 
Sof yel esar... Parvona uchar, 
Chiroq atrofida o‘grilib, 
O‘zin urib part bo‘ladi-yu, 
4
Зулфия.Сайланма.Тошкент.Шарқ.2006.Б.7 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin