Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 609
w www.oriens.uz April 2022 Stolimga tushadi kelib. 5
Shoira she’r misralarida o‘z o‘limini tezlashtirgan parvonaning haqiqiy holatini
tasvirlash uchun part bo‘lmoq qo‘shma fe’lidan foydalanadi. Natijada oddiy xalqona
ibora parvonaning holatini tez va aniq idrok qiladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da
part bo‘lmoq so‘ziga “qaynoq suvda kuymoq” deb ta’rif berilgan. Ammo shoira
chiroq issiqligida qanotlari kuygan parvonaga nisbatan part bo‘lmoq fe’lini qo‘llashni
ma’qul topadi. Demak, bu o‘rinda shoira part bo‘lmoq fe’lining yangi ma’no qirrasini
yaratadi va bir xillikdan qochish, betakrorlikka erishadi.
Zulfiyaning “Ko‘ngil” she’rida shunday misralar bor:
Ko'ngil, bo'lma shisha singari siniq, Behuda bir so'z yo nigohdan chil-chil? Borliqni sig‘dirgan buloq bo'l, tiniq, O'zni o'zing bosma og‘ir yuk shekil. Shekil so‘zi og‘zaki nutqda qo‘llanadigan shekilli so‘zining varianti
hisoblanadi. Shekilli so‘zi fikrning gumon, taxmin, tusmol bilan aytilganligini
bildirib, “balki”, “ehtimol”, “… bo‘lsa kerak” ma’nolarini ifodalaydi. Ammo bu
o‘rinda shekil so‘zi shekilli so‘zining og‘zaki nutqdagi variantini ifodalab
kelmaganligini sezishimiz mumkin. Bu yerda shekil so‘zi ko‘proq “kabi” so‘zi
ma’nosiga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, bu so‘z ikkinchi misradagi chil-chil so‘ziga
ohangdosh juftlik sifatida ham shu tarzda qo‘langan. Bu so‘z ham ijodkorning o‘ziga
xos til uslubini ko‘rsatib bermoqda.
Ma’lumki, taniqli shoir va ijodkorlar frozeologik birliklar, frazeologizmlar,
frazemalardan unumli foydalanib personaj nutqini individuallashtirish, asarning
ta’sirchanligini oshirish sohasidagi zahmatli ijodiy mehnati haqida qator risolalar,
monografiyalar yaratilgan. Bu o‘rinda I.Qo‘chqortoyevning “Badiiy nutq
stilistikasi”(1975), H.Qahhorovaning “Abdulla Qodiriy frazeologiyasi”(1985),
A.Mamatovning “Frazeologik stilistika masalalari”(1991), M.Yo‘ldoshevning
“Cho‘lpon so‘zining sirlari”(2002) nomli tadqiqotlari xarakterlidir. Jumladan,
I.Qochqortoyevning asarida yozuvchi Abdulla Qahhorning tildan ijodiy foydalanish
mahorati va matn talabi bilan “izvoshga ho‘kiz qo‘shilganday” – “izvoshga eshak
qo‘shib bo‘lmaydi”; “kambag‘al non deb bosh ko‘tarsa, bu mushtumzo‘rlar qon deb
tosh ko‘taradi”; “yerda turib oyda chorvachilik qilmoq” kabi yangi frazemalar hosil
qilish usullarini yoritgan edi.
6
O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya ham o‘z ijodi
davomida umuman tilga, jumladan, ibora qo‘llashga ana shunday ma’suliyat bilan
5
Зулфия.Сайланма.Тошкент.Шарқ.2006.Б.8
6
Қўчқортоев И.Бадиий нутқ стилистикаси. – Тошкент:ТошДУ нашри.1975. Б.47-72