Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 377,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix24.04.2023
ölçüsü377,77 Kb.
#101933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
o-quvchilarni-intellektual-rivojlantirishning-psixologik-pedagogik-xususiyatlari (4)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
27 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
1. Intellekt - nasliy xususiyat, ya’ni avloddan avlodga o‘tuvchi tug‘ma xususiyat 
sifatida. 
2. Intellekt - organizm imkoniyatlari va maqsadga muvofiq ta’lim tarbiya 
ta’sirida shakllanuvchi xususiyat sifatida. 
Intellekt atamasi kundalik hayotimizda juda ko‘p ma’noda qo‘llanadi, turlicha 
izoh beriladi. Intellektni mustaqil reallik sifatida ajratishni asosiy mezoni uning xulq 
atvorini boshqarish funksiyasi hisoblanadi. Intellekt to‘g‘risida qandaydir qobiliyat 
sifatida gapirgan vaqtlarida birinchi navbatda uning inson va oliy hayvonlar uchun 
uning adaptatsiya (ko‘nikuvchanlik, moslashish) ahamiyatiga tayanadilar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
O‘zbekistonda esa bu masala yuzasidan M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, 
B.R.Qodirov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova R.Toshimov, M.M.Mamatov, 
E.Z.Usmonova, Z.E.Nishonova, M.Vohidovlarning fikrlarini o‘rganish maqsadga 
muvofiqdir.
E.G‘.G‘oziyev O‘zbekistonda tafakkur psixologiyasini keng yoritgan olimlardan 
biridir. Muallifning fikriga ko‘ra, inson tafakkuri o‘zining mustaqilligi jihatidan 
mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. «Tafakkurning mustaqilligi deganda, 
kishining shaxsiy tashabbusi bilan o‘z oldiga konkret maqsad, yangi vazifalar qo‘ya 
bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz qilishi, natijani ko‘z oldiga 
keltira olishi, qo‘yilgan vazifani hech kimning ko‘magisiz, ko‘rsatmasisiz o‘zining 
aqliy izlanishi tufayli, turli yo‘l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal 
qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak» 

Yüklə 377,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin