Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi 401-guruh.Tarbiyaviy ishlarni boshqarish fanidan mustaqil ish
Mavzu:Badiiy asarlarda tarbiyaviy ishlarni boshqarishga oid qarashlar
GʻAFUR GʻULOMNING ,,SHUM BOLA " ASARI ASOSAN HAJVIY TARZDA YOZILGAN BOʻLSADA , LEKIN TARBIYA TIMSOLLARINI KOʻRISHIMIZ MUMKIN.
ASARDA HAQIQIY DOʻSTLIK- BU TARBIYA
ONAGA HURMAT - BU TARBIYA
YOLGʻONCHILIKNING QORALANISHI - BU TARBIYA
URUSHNING AZOBI, BORIGA VA YOʻGʻIGA QANOAT QILISH- BU HAM TARBIYA
HAQIQIY OʻZBEK MILLATIGA XOS BOʻLGAN TARBIYA DEB HISOBLAYMAN
Qissada shum bola Qoravoy haqida hikoya qiladi. Qoravoy uyidan ketib qolib, oʻzining topqirligi, zukkoligi, shoʻx-shaddodligi tufayli turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Shum bola bir guruh oʻgʻriga, har bir gapga „innaykeyin?“ deb javob qaytaruvchi boyga, giyohvand mullalarga duch keladi.
Bu yerda ham u xushchaqchaqligini yoʻqotmaydi,
adib talqinida mavjud sharoitning ta`sir doirasi anchayin keng bo`lib, u aslo bitta-ikkita jinni bilan cheklanmaydi. Jumladan, Shum bola o`zi va o`rtoqlari haqida aytadi: “ertadan kech ko`cha changitib, hammaning joniga tegib, kampirlardan qarg`ish eshitib, o`spirinlardan kaltak yeb, sandiroqlab yuradigan uvin-to`da bekorchi bolalarmiz”. Ko`ramizki, hademay mustaqil hayotga qadam qo`yishi va hozirdan shunga tayyorlanishi lozim bo`lgan 14-17 yoshli o`smirlar bekorchilikka mahkum. Sababi otalarining “ko`pchiligi mayda kosiblar <...> bo`lganliklari uchun ularning qo`lidan hunarlarini olib yoki ularning yoniga ko`makchi bo`lib tushish bizga to`g`ri kelmas edi.
Otalarimizning o`ziga ish topilmaganda, bizga ish qayoqda deysiz?” YA`ni, Shum bola va uning teng-to`shlariga ertangi istiqbol ko`rinmaydi. E`tiborli jihati shundaki, bu o`smirlar aslo dangasa emas. Aksincha, ularning bari biron ishning boshini tutish, halol mehnat bilan bir nima orttirish, oilasiga ko`maklashish — xullas, hayotda o`z o`rnini topish orzusi bilan yashaydi. Biroq mavjud sharoit bunga imkon bermaydi.
Yaxshi bilasizki, ishsizlikning ko`payishi — insonning qadrini tushiradi, uni eng arzon tovarga aylantiradi.
Do`ppido`z qiz esa haftada onasi bilan “kallai sahardan qora shomgacha qatim otib arang ikkita, uchta do`ppi tayyorlash”larini aytadi. Agar tag bilan ipak puli chiqarib tashlansa, bozor bu og`ir mehnatni qanday baholayotgani ko`rinadi. To`g`ri, bu hol Shum bolaga borib turgan adolatsizlik bo`lib tuyuladi. Biroq, nachoraki, bu narx o`zida do`ppido`z qizning bir haftalik mehnati bahosinigina emas, xaridorlarning ojiz imkoniyatlarini ham ifoda etadi.
OʻSHA PAYTDAGIBQIZLARNING MEHNATKASHLIGI- BU TARBIYA