Aim.uz
Orol va Orolbo’yi muammosi
1993 yil 26 martda Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari Qozog’iston Respublikasining Qizil O’rda shag’rida Orol va Orolbo’yida ekologik muammolarga bag’ishlangan konferentsiyaga yig’ilib Orol va Orolbo’yi ekologiyasi mavzusida Orolni saqlab qolish xalqaro jamg’armasi tuzildi.
Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Orol va Orolbo’yi muammosiga bag’ishlangan kengash o’tkazdi. Bu kengashda Orol va Orolbo’yi ekologiyasiga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqildi.
1995 yil 20 sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchrashuvi o’tkazilib unda, Jahon banki Orol muammosiga moliyaviy yordam berishini e’lon qildi.
Olma-otada 1997 yil 28 fevralda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Orol va Orolbo’yi ekologik muammosiga bag’ishlangan “Almati bayonoti” e’lon qilindi.
Bu bayonotda shunday deyiladi: “BMT va uning ixtisoslashagan agentligi Orol dengizi havzasida vujudga kelgan tang vaziyatga doimiy e’tibor berish hamda bu mintaqada atrof-muhitni muxofaza qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rishga, Orol bo’yidagi og’ir ahvolga tushib qolgan aholiga yordam ko’rsatish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berishga da’vat etilsin.
Halqaro tashkilotlar bilan birgalikda Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirishga doir konventsiya loyihasini ishlab chiqish nihoyasiga yetkazilsin”.
Bu yig’ilishda jahon banki vitse-prezidenti, Ioxanes Linin Orol muammosi bo’yicha yaqin vaqtlarda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib borishni tezlashtirishni taklif etdi.
1. Suv omborlari va havzalardan foydalanish, ularga texnik xizmat ko’rsatish hamda xavfsizligini tugatish.
2. Suvdan oqilona foydalanish.
3. Suvning sho’rlanishga qarshi kurashish.
SHu yig’ilishda O’zbekiston prezidenti ustivor yo’nalish bo’yicha ijtimoiy omilni, ya’ni aholini sog’ligini belgilash to’g’risida taklif kiritdi.
Ushbu yo’nalishlar uchun jahon banki jami bo’lib 380 mln. AQSH dollari hisobda pul ajratish ko’zda tutildi.
Orol va Orolbo’yi muammosi bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarini “Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasini tashkil etish” masalasida 8-9 aprelda 1999 yil A.I. Karimov nutq so’zladi.
Dostları ilə paylaş: |