Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Mahfuza BEGALIYEVA 
1996-yil tug‘ilgan. 
 O'zbekiston davlat jahon 
tillari universitetining Xorijiy 
til va adabiyoti yo'nalishini 
tamomlagan.
Respublika yosh ijodkorlarning 
Zomin seminari ishtirokchisi.
QALDIRG‘OCH
Quyosh yulduzlarga 
ketdi bo’linib
www.ziyouz.com kutubxonasi


67
JAHON ADABIYOTIDAN
Hikoya
Rus tilidan 
HUMOYUN
 
tarjimasi
1
Sakkiz kun deganda dovondan oshib, qo‘y fermasining 
ko‘chmanchi o‘tovlari tikilgan vodiyga tushdik.
Mening hamrohlarim geologlar – Borisenkov va Xvoshch. 
To‘ladan kelgan, ovozi yo‘g‘on Borisenkov yo‘l bo‘yi goh “bunday 
go‘zallikdan” hayratga tushib, goh keksa qog‘ozvozni toqqa quvgan 
bu dunyoda nimaiki bo‘lsa, hammasini bo‘ralatib so‘kib kelardi. 
Ozg‘in, chayir Xvoshch do‘stining hayratiga ham, zorlanishiga ham 
o‘ychan kulib qo‘ya qolardi. U ashaddiy izquvar, atrofdagi g‘aroyib 
manzaralar-u mashaqqatli tog‘ so‘qmoqlariga ko‘nikib ketgan.
Vodiydagi sarg‘ish bedazor va kulrang, jun singari pishiq 
o‘simliklar orasida, ikki yarim ming metr balandlikda birinchi 
marta Katya Sviridova nomini eshitdik.
Kechki ovqatdan so‘ng hurmatli keksa ferma mudirining 
o‘tovi oldidagi kigizda xotirjam yonboshlab, tamaki tutatgach, 
suhbatimiz qizidi.
– Bu, axir, yovvoyi bedami? – so‘radi Borisenkov, botayotgan 
quyosh nurlariga g‘arq bo‘lgan yaylovga qarab.
– Yo‘q, bu Katyaning bedasi, – javob berdi Karim degan yosh 
cho‘pon. U kichkina bug‘doyrang yuzi, qalamda chizilganday 
ingichka mo‘ylabi va toshday qattiq, ammo nozik, shaftolirang 
yonoqlarini to‘sib, tulki terisidan tikilgan telpagini qulog‘igacha 
bostirib o‘tirardi.
– Katyaning bedasi? – takrorladi Borisenkov. – G‘alati nom!
– Nega endi g‘alati? Katyusha – bu biostansiya!
Jarangdor, ammo tushunarsiz! Nima, u yerda boshqa odam 
yo‘qmi?
– To‘xta, Karim, kel, yaxshisi, mehmonlarga o‘zim 
tushuntirib bera qolay, – gapga aralashdi ferma mudiri
Borisenkovning sabrsizligini payqab. Keyin u bir-ikki og‘iz so‘z 
bilan biolog Katya Sviridova kechmishini aytib berdi.
bo’sag’a

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin