34
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
qizingiz shu yerdan ketmay tursin…” “Bu
rashkchi qassob kuyovingiz yoshi o‘tib
bosilsa
mayliydi… Ba’zan Amir Nasrullo bo‘p ketadi!”
degandi tog‘am.
– Hurmatli ishtirokchi, vaqt tugadi. Marha
-
mat, javobingiz…
O‘sha manzarani ko‘z oldiga keltirib turgan
Ravshan birdan o‘ziga keldi va javob berdi:
– Amir Nasrullo.
– Bu aniq javobmi yoki taxminmi? – so‘radi
boshlovchi Ravshanni chalg‘itmoqchi bo‘lib.
– Aniq. – Ravshan qat’iyat bilan dedi.
– Rostini aytsam, meni hayron qoldiryap
-
siz. O‘yin boshida
hunarmandman degan edin
-
giz. Sizga qoyil qolyapman!
Ravshan sir boy bermadi.
– Qandaydir o‘zimga tanish savollar tush-
yapti, – deb qo‘ydi.
– Diqqat qiling, keyingi savolni o‘qiyman, –
dedi boshlovchi. – Agar shu savolga ham to‘g‘ri
javob bersangiz, siz to‘g‘ridan to‘g‘ri uchinchi
shartga yo‘llanma olasiz. Diqqat, savol:
hazrat
Mir Alisher Navoiy yashagan xonadonda Mirza
Bobur necha kun yashagan? Savol tushunarli
bo‘lsa, variantlarni o‘qiyman.
“
A
”
variant: 10
kun,
“
B
”
variant: 15 kun,
“
S
”
variant: 20 kun,
“
D
”
variant: 25 kun.
Ravshan o‘zini bu qadar omadli deb bil
-
masdi, ammo bugun toleyi kuldi. Bu savolning
javobini ham biladi. U kollejda o‘qib
yurganida
onasidan pul so‘ramaslik uchun ko‘pincha mar
-
dikor ishlardi. Ba’zan shanba kunlari ham ishga
ketib qolardi. Buni biladigan guruh rahbari uni-
ng qoldirgan darslarini hisoblab yurgan ekan,
aprel oyining boshlarida xonasiga chaqirdi va
necha soat dars qoldirganini aytdi. “Bu
turish
-
da o‘qishdan haydalib ketasan!” deb dag‘dag‘a
qildi. Ravshan o‘shanda shanba kunlari, ba’zan
boshqa paytlarda ham mardikorchilik qilib tu-
rishini yashirmadi. “Unday bo‘lsa, mendan
senga yordam. Bizning hovlidayam picha ish
bor. Erta shanba-yakshanba
shuni qilib bersang,
baholaringni to‘g‘rilatib qo‘yaman”, dedi o‘qitu
-
vchi. Ravshan rozi bo‘ldi. U domlasining uyida
kerak...” degandi. Ravshan chindan savolning
javobini bilmasdi. Yer chizib qolgandi. Qabul-
xonadan mulzam bo‘lib chiqqach,
uyga kelib,
bobosidan so‘raganini esladi: “Bolam, shuniyam
bilmaysanmi, 1930-yilda ko‘chirilgan. O‘sha
yili onam rahmatlik dunyodan o‘tgan edi”, deb
siniqqina jilmayib qo‘ygandi bobosi.
– Vaqt tugadi, marhamat, javobingiz…–
Boshlovchining so‘zlari Ravshanning xayollari
-
ni to‘zg‘itib yubordi.
– 1930-yil.
– Barakalla! Siz aniq javob berdingiz. –
Boshlovchi o‘yinni davom ettirdi. –
Tayyor
bo‘lsangiz, keyingi savolni o‘qiyman. Diqqat,
savol: Buxoro amirlaridan qaysi biri “Qassob
amir” nomini olgan? Variantlar…
Dostları ilə paylaş: