Qo’zg’alish. quzg’aluvchayalik. Ta`sirlanish tushunchalari.
Qo’zg’aluvchanlik barcha to’kimalarga xos xususiyatdir.
To’qimani ko’zg’atish uchun ma`lum ta`sirlovchi bo’lishi shart, shundagina to’kimada moddalar almashinuvi sodir bo’lib, tirik organizm ta`sirga qo’zg’alish bilan javob beradi.
Muskul to’qimasi qo’zgalganda qisqaradi, bez to’kimasi qo’zgalsa sekret yoki shira ajraladi. To’qimani qo’zg’atuvchi ta`sirlovchilar fizik, ximyaviy, mexanik, elektirik, biologik va boshqa turlarga bo’linadi.
Ta`sirlovchi kelib chiqishiga, organ yoki to’qimaga ta`sir ko’rsatilishiga qarab adekvat va noadekvat ta`sirlovchilarga bo’linadi. Muayyan to’qima! hujayra, organ, uchun xos bo’lgan ta`sirlovchi adekvat ta`sirlovchi deb ataladi. Masalan, ko’zning adekvat ta`sirlovchisi yoruglik, muskulniki nerv tolasidan keladigan impuls hisoblanadi. Muayyan organ, to’kima uchun xos bo’lmagan. tasirlovchilar noadekvat ta`sirlovchi deb ataladi. Masalan, muskul to’qimasi nervdan kelayotgan impulsdan tashqari. Elektir toki, tuz, kislota ta`sirida ham qisqarishi mumkin. Bular noadekvat ta`sirlovchilardir.
Dostları ilə paylaş: |