•Kaft-og‘iz refleksi — Kaftining katta barmoqcha tepaligi yaqinida barmog‘ingizni botirsangiz, bola og‘zini ochib, sal boshini egadi. Bu refleks chaqaloq hayotining uchinchi oyiga kelib so‘nadi. Bu vaqt mobaynida siz bu refleksdan bolangiz og‘zini ochishi kerak bo‘lib qolgan hollarda (masalan, dori ichirish uchun) foydalanishingiz mumkin.
•Ilib olish refleksi (Robimson refleksi) — Agar kichkintoy kaftiga ko‘rsatkich barmog‘ingizni bersangiz, u uni shu darajada mahkam ushlaydiki, hatto o‘z vaznini ham ko‘tara oladi. Bu refleks etti oyga kettib go‘nib boradi.
Oyoq tagi refleksi — Oyoqchasi tagining ikkinchi va uchinchi barmoqchalari atrofini barmog‘ingiz bilan bossangiz, bola barmoqlarini yig‘ib oladi.
Oyoq tagi refleksi — Oyoqchasi tagining ikkinchi va uchinchi barmoqchalari atrofini barmog‘ingiz bilan bossangiz, bola barmoqlarini yig‘ib oladi.
Babinskiy refleksi — Bolaning tovonidan barmoqlariga tomon barmog‘ingiz bilan «chiziq» o‘tkazsangiz, kichkintoy avval katta barmog‘ini, keyin elpig‘ich kabi qolgan barmoqlarini yozadi va yana yig‘ib oladi.
Himoya refleksi — Chaqaloqni qorniga yotqizsangiz, u boshini yonga buradi va ko‘tarishga urinadi. 1-1,5 oydan keyin u boshini ushlashga urinadi. Ularning bu harakatlarini kuzatish naqadar zavqli, to‘g‘rimi? Bu tug‘ma refleks ularga qorni bilan yotganda nafas tiqilib qolmaslik uchun juda kerak.
Emaklash refleksi — Kichkintoy qorni bilan yotganda, qo‘lingizni oyoqlari ostiga tirang, u shu ondayoq itariladi. Bu refleks 3-4 oylardan keyin yo‘qoladi.
Tiralish refleksi — Agar chaqaloqni qo‘ltiqlaridan ushlab ko‘tarsangiz, u oyoqlarini yig‘ib oladi. Agar uning oyoqlarini biron erga qo‘ysangiz, u gavdasini to‘g‘rilab, yarim bukilgan oyoklarida turadi. Agar uning tanasini engilgina oldinga buksangiz, u qadam tashlaydi.
Sho‘ng‘ish refleksi — Agar kichkintoyning yuziga suv tegsa, uning yurak urishi sekinlashadi. Agar u to‘satdan suv ostida bo‘lib qolsa, ma’lum vaqtga nafas olmay turadi.