TELEFON ORQALI TAHDID – telefon vositasi orqali olingan tahdiddir. Agar tahdid sizga yaqin joyda bo ’lmasa, yoki uning sizga yoki boshqalarga ziyon etkazishi muqarrar bo ’lmasa, qo'ng'iroq qiluvchi haqida va tahdidning o ’zi haqida iloji boricha ko'proq ma'lumot olishga harakat qilishingiz kerak.
Tinchligingizni saqlang va telefoningizni
o
’chirmang.
Qo'ng'iroq qiluvchini iloji boricha uzoqroq
telefonda ushlang, va tahdid aniqmi, rostmi,
yoki u sizga yoki boshqalarga bevosita xavf
tug'diradimi degan savollarni aniqlash uchun
ma'lumot olishga harakat qiling.
Iloji bo'lsa, yaqin atrofda turganlarga
shunday signal beringki, ular sizga quloq
solsin va huquqni muhofaza qilish idoralariga
xabar bersin.
Telefonning elektron displeyidagi barcha
ma'lumotlarni nusxalab oling.
Tahdid iborasini aniqlik bilan yozib oling.
Iloji bo'lsa, qo'ng'iroqni electron asbobga
yozib oling.
Tafsilotlarni huquqni muhofaza qilish
idoralarining xodimlari bilan muhokama qilish
uchun tayyor bo'ling.
ELEKTRON XABAR ORQALI TAHDID – to'g'ridan-to'g'ri xabar qilish ilovalari, elektron pochtasi yoki ijtimoiy axborot tarmoqlari orqali olingan tahdid. Bunga misol shantaj, yoki, agar tahdid qilinuvchi talablarga javob bermasa, unda u salbiy oqibatlarga chalinishi mumkinligini anglatgan tahdid bo ’lishi mumkin.
Noma'lum yuboruvchilardan kelgan elektron
xabar yoki ilovani ochmang.
Ijtimoiy axborot tarmoqlarida noma'lum yoki
chaqirilmagan shaxslar bilan aloqa qilmang.
Xavfsizlik sozlamalari eng yuqori himoya
darajasiga o'rnatilganligiga ishonch hosil
qiling.