Mavzuning xronologik chegarasi. Mavzuning xronologik chegarasiga to’xtaladigan bo’lsak asosan o’rta asrlar davri bo’lib VII-VIII-asrlardan to XVIII-asrgacha bo’lgan davrni qamrab oladi.Yani bu davrda O’zbekiston davlatchiligida ko’plab sulolalar: Somoniylar sulolasi,Qoraxoniylar sulolasi,xorazmshohlar davlati,Amir Temur saltanati,Buxoro,Xiva va Qo’qon xonliklari birin ketin hukumron bo’lishadi.Vaholanki bu sulolalarning har biri davrida O’rta osiyo xususan O’zbekiston hududida ko’plab me’moriy inshoatlar quriladi.
Mavzuning o’rganilish darajasi.Bu mavzu bo’yicha asosiy asarlar sirasiga quyidagilar kiradi:Vohidov M.M., Mirzayev Sh.R. Binolar va inshootlar konstruksiyalari. Toshkent, Mehnat, 2003. Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligiga bag‘ishlangan «Nauchnoe i kulturnoe nasledie chelovechestva - tretemu tisyacheletiyu» mavzusidagi dokladlar tesizlari. Toshkent, 1997. Vohidov M.M. Samarqand arxitektura yodgorliklari. «Buxoro», 2009, Vohidov M.M. Buxoro arxitektura yodgorliklari. «Buxoro», 2009. Vohidov M.M. Xiva m e’moriy obidalari. «Buxoro», 2009. Vohidov M.M. Binokorlik bezakchiligi. «Buxoro», 2009. Shuningdek xorijiy tildagi asarlar: Архитектура гражданских и промышленных зданий, Учебник в 5 томах, том 1, История архитектуры. Гуляницкий Н. Ф., Москва, Стройиздат, 1986. Bulatov М. S., Geometricheskaya garmonizasiya v arxitekture Sredney Azii IX - XV vv. М.. 1978. . Куликов В., Бергамолцев Jl.. Китай. Москва, Планета, 1989. Захидов П. Самарканд. Школа зод-’чих XIX - начало XX вв. Т., 1965.
Mavzuning maqsad va vazifasi. Mavzuning maqsadi va vazifasi shundan iboratki O’kamizning eng yirik shaharlari bo’lmish Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda qurilgan me’moriy obidalar haqida o’quvchilar keng ommasiga ma’lumot berish.O’quvchiga shu shaharlarda o’sha davrda bunyod etilgan me’moriy obidalarning qurulish tarixi, qurulish davri, ularni bunyod etgan shaxslar, bunyod etilish sabablari,haqida tushuntirishdan iborat.Va yana shuni aytish joizki bu mavzu orqali biz qanday buyuk tariximiz borligini, bunyod etilgan me’moriy obidalarni ko’rish uchun jahonning turli davlatlaridan insonlar tashrif buyurishini va ularning bizni tariximizga naqadar qiziqishlarini o’quvchiga bildirishdan iboratdir.Shuni aytish joizki biz yoshlar shunday buyuk ajdodlarimiz,buyuk shaharlarimiz va me’moriy obidalarimiz borligidan faxrlanishimiz kerak.
I.Bob. O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari.
1.1. Samarqand tarixiy yodgorliklariga umumiy tavsif.
Samarqand Markaziy Osi/oning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2007-yilda shahrining 2750 yillik yubileyi nishonlandi. Bu yoshga kirgan shahar Markaziy Osiyoda boshqa yo‘q. Shuning uchun ham Samarqand shahrining me’morchiligini qisqacha bo‘lsada, uning tarixi bilan uyg'unlashgan holda qarab ch.^ish mamlakatimizda arxitekturaning shakllanganligi va rivojlanganligini kengroq o ‘rganish imkoniyatini beradi. Samarqandda 290 dan ortiq arxitekturaviy va 2 mingga yaqin arxeologik yodgorliklar mavjud. Tarixchi va adiblar bu shaharni Sharq musulmon dunyosining qimmatli durdonasi, «Sharq Rimi» deb ham ataydilar. Bu shahar atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda Amir Temur, podshoh va astronom olim Mirzo Ulug'bek, davlatimiz Prezidenti Isiom Karimov singari jahonga mashhur insonlarning nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Zarafshon vodiysining k o ‘rkam va bahavo, so‘lim yerida, Movarounnahr markazida geografik qulay joylashganlik Markaziy Osiyo shaharlari chida Samarqandni birinchi o ‘ringa k o ‘targanligi tabiiydir. Arxeologik qazishmalar natijalari bo‘yicha qadim zamonlarda Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan Samarqandda paleolit, neolit davrlarida ovchi qabilalari, bronza davrida chorvachilik va dehqonchilik qabilalari yashaganliklari isbotlab berilgan. Odamlar tashqi muhit ta ’sirlari va har xil hayvonlar hujumidan o ‘zlarini muhofaza qilisn maqsadida yerto‘la va chaylalar qurganlar va u joylarda yashaganlar. Strategik qulay yerda joylashganligi uchun rivoj lanishning dastlabki bosqichlarida Samarqand (yozma ma'lumotlarda So'g'd davrida Marokand deb nomlangan) mustahkam devor bilan o ‘ralgan. Dastlab u yerda aholi tarqoq joylashgan. Samarqand arxitekturasi miloddan avvalgi davrdayoq rivojlana - 109- borgan. Qoldiqlari hozir ham «Devori qiyomat» nomi bilan mashhur bo'lgan voha devorining uzunligi 40 km ni tashkil etgan. O 'rta sharqni egallagan quldorlik tuzumi krizisi natijasida Samarqand hududi ham keskin qisqargan. 329-yilda qattiq hujum uyushtirib, Aleksandr Makedonskiy Samarqand shahrini bosib olgan. Istilochiga yerli mehnatkash xalq qattiq qarshilik ko'rsatgan va о mustaqilligini qo‘lga kiritgan. Uch yil davom etgan qo‘zg ‘olon markazi So'g'diyonada bo'lgan. K o ‘p o‘tmay bularga Baqtriya aholisi qo‘shilgan. So‘ngra Aleksandr Makedonskiy o ‘z qo‘shinlarini qaytadan Samarqandga kiritgan. Unga qarshi Spitamen rahbarligidagi mahalliy qabilalar va xalq qo‘zg‘olon ko‘targan. Biroq qo‘zg ‘olon bostirilgan va uning rahbari Spitamen Aleksandr tomonidan qatl qilingan. Aleksandr Makedonskiydan keyin Movarounnahrning boshqa shaharlari qatori Samarqand ham Salavkiylar davlati xtiyoriga o ‘tgan. So‘ngra u grek-baqtriylar podshohligi tarkibida faoliyat ko‘rsatgan. V asrda bu yerni Eftalidlar dinastiyasi zabt etadi. Keyingi asrda esa Zarafshon vodiysi samarqandlik hukmronlar qo‘liga o ‘tgan. VI - VII asrda Samarqand shahri g‘arbi-turk kaganatlari bilan hamkorlikda ish ko‘rgan mahalliy podshoh qo'lida bo'lgan. VI — VII asrlarga kelib, feodal munosabatlarining qayta rivojlanishi bilan Samarqand shahri hayotida yana jonlanish yuz bergan. Arab istilosi davrida m e’morchilik va qurilish ishlari ancha susaygan. VII asrning oxiri - VIII asrning boshlarida Hutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo'shinlari Samarqandni ham egallab oladilar. Shundan so‘ng Samarqand shahri mahalliy Somoniylar (poytaxti Buxoroda bo'lgan), so'ngra Qoraxoniylar ixtiyoriga o'tadi. Bu davr me’morchiligiga oid Samarqaddagi m e’moriy obidalar bizgacha deyarli yetib kelmagan. IX asrdan boshlab shahar qayta shakllana boshlagan. Hovlilar, do'konlar, karvonsaroylar, masjidlar qurilishi jadal suratlar bilan rivojlangan. U davrda Samarqand 4 ga bo'lingan: qadimiy qal’a - kuhandiz (markaz), ichki shahar - madinai dahil, mustahkam devor bilan o'ralgan shaharning asosiy qismi - shahriston va asosan -1 1 0 - janubdan, qisman shimol hamda sharqdan shahristonga tutashgan shahar tashqarisi - rabot. Samarqandning 12 darvozasi bo'lgan. 1220-yil bahorda Chingizxon qo'shinlari Samarqandni bosib olgandan so‘ng rivoj lanish ancha to ‘xtab qolgan, istilochilar tomonidan shahardagi inshootlar yondirib yuborilgan va o ‘sha davrgacha saqlangan m e’morchilik yodgorliklari yer bilan yakson qilingan. Afrosiyobni suv bilan ta ’minlovchi j o ‘yi Aziz m o ‘g"ul bosqinchilari tomonidan buzib tashiangan. Shundan so‘ng Afrosiyob jonsiz tepalikka o ‘xshab qolgan. Chingizxon qadimgi Afrosiyobni bosib olgandan keyin bu joy vayrona qilinganligi sababli shahar Afrosiyobn ’g janub tomoniga qarab rivoj topadi. Xalq ommasining bosqinchilarga va feodal zulmiga noroziligi XIV asrning o‘rtalari va ikkinchi yarmida kuchli ozodlik narakatisarbadorlar harakatini kelib chiqishiga olib kelgan va bu harakat oxir-oqibat m o‘g ‘ullarni ketishiga sababchi bo‘lgan. XIV asr oxiri va XV asr o ‘rtalari Temuriylar davridir (Amir Temur Shahrisabzdan uncha uzoq boTmagan X o‘jailg ‘or qishlog‘ida tug‘ilgan; uning otasi o ‘sha yerlik, onasi - Tiginabegim buxorolik bo‘lgan). Amir Temur davlati Volgadan Gangagacha, Tyanshandan Bosforgacha bo‘lgan hududlarni o ‘z tarkibiga olgan. Amir Temur tomonidan Turk armiyasi tor-mor qilinib, uning sultoni Boyazid ham asir olingan. Amir Temur podshohligi davrida Samarqand mamlakatning poytaxtiga aylanadi va u shahar jahonga mashhur bo‘ladi. Temur va temuriylar davrida Samarqand o'zini o ‘nglab olib, shahar birun va rabotga butunlay ko‘chib chiqqan va rivoj lanish ilgarilab ketgan. Bu davrda ko‘p tarmoqlar singari m e’morchilik va binokorlik ishlari ham gullab yashnagan. Samarqand nihoyatda obod va ko‘kalamzor shaharga aylanadi. Amir Temur o ‘zining tug‘ilgan yurti Shahrisabzni shaharga aylantirgan. u yerda 1380-yilda Oqsaroy qasrini, keyinchalik to‘satdan vafot yetgan o ‘g ‘li Jahongir maqbarasini qurdirgan. Shahrisabzdagi Oqsaroyni xorazmlik ustalarga qurdirgan. Binoni bunyod etish qariyb 20 yilga cho‘zilgan. Uning qurilishi 1403-yillardan keyinroq bitgan. Oqsaroy peshtoqining ikki chekkasi va saroyning bir qismi saqlanib - Ill - qolgan. 230 yil muqaddam qulab tushgan peshtoqning eni 22,5 m, balandligi 40 m bo‘lgan. Toqi ustidagi ravoqlari bilan uning umumiy balandligi 50 m dan oshgan. Qolgan qisnuning hozirgi balandligi 38 m ni tashkil etadi. 1 Salobatlilik va g o ‘zallikka g ‘ishtlarning yaxlit bo ‘ lib k o ‘rinishini ta ’minlash — old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Gumbazning ichi va yonlariga* burchaklardagi minoralarga koshin - g ‘ishtlardan qalqon shaklidagi geometrik naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan g ‘isht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar fonida k o ‘k y o ‘g ‘on belboqqa o‘xshash kompozitsiyani tashkil etgan. Devorlardagi turlituman ranglarning jilosi, koshinkor syujetlar, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy, suls yozuvlari, islimiy, geometrik va o‘simliksimon naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi binoga noyob va sehrli m azm un baxsh etgan. Rangii ing oy y o ru g ‘ida jilolanib - oqarib ko ‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan. Temuriylar davrining ikknchi bosqjchida me’morchilikda qo‘sh gumbazlar yaratish odat tusiga kirgan. U davr arxitekturasi shakllarning boyishi, dekorativ elementlarning ko‘payislii, rangning ko‘p ishlatilishi va devorlarga, ayniqsa inshootlar fasadlariga nihoyatda chiroyli va rango-rang pardoz berilishi ser lo ishlanishi bilan ham xarakterlidir. XV asrning ikkinchi yarrmda dekorativ pardozlashda yangi texnik pardozlash — kundal paydo bo‘lgan. Kundalda chinni sopol yoki chinni relyefli bezakka t:'la suvi yuritilgan. Monumental me'morchilikda binolarning rejasi murakkablasha borgan. Buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek davrida madrasalar, iamoat va fanga taalluqli bo‘lgan binolar, inshootlar qurilishi, ayniqsa keng rivojlangan. Markaziy xonalarga katta va baland gumbazlar o‘rnatilgan. Temuriylar davrida yaratilgan saroy va maqbaralar shular jumlasidandir. G o‘ri Amir, Shohi Zinda maqbaralari bir qancha inshootlar bilan birgalikda ansambl ko‘rinishini tashkil etgan. Hovlili rejaviy yechim masjid, madrasa, karvonsaroy, qasrlarda qo‘llanila boshlangan. Inshootlar kompozitsiyasida bitta asosiy o ‘q bo‘yicha peshtoqlar, o ‘zining gumbazi bilan mancaziy xona joylashgan. Amir Temur davrida peshtoqlarning ikki yonboshida minoralar o‘rnatila boshlangan. Keyingi inshootlarda bunday yechimdan uzoqlasnadi, peshtoq proporsional qilib ishlanadi. 1405-yilning fevral oyida Amir Temur vafot etgandan keyin ichki ziddiyatlar va janglar qaytadan kuchayadi. Besh yillik urushlar natijasida M ovarounnahrn' Amir Temurning o ‘g ‘li — Shohruh qo‘lga kiritadi. Biroq u о z qarorgohini Hirot deb e ’lon qiladi. M ovarounnahrni rpulk sifatida o ‘z o ‘g ‘li - U lug‘bekka topshiradi. Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) 1409-yildan boshlab o ‘zining fojiali vafotigaqadar40yil davomida (ba’zi manbalarda 1411-yildan boshlab 36 yil davomida deyilgan) mamiakatni boshqaradi. Bu davrda Ulug‘bek Samarqandni dunyoning ilm, fan, madaniyat va san’ati yuksak darajada rivoj topgan shaharga aylantirgan. Buyuk adabiyotshunos va taniqli olim Alisher Navoiy ham bu yerda 3 yildan ortiq vaqt chida yashagan va o‘qigan. Fan va madaniyatni rivojlantirish y o ‘lida U lug‘bek tomonidan Samarqandda, Buxoroda va G‘ijduvonda, jami uchta madrasa barpo etilgan, u madrasalar bizgacha saqlangan. Samarqanddagi Ug‘bek madrasasi (1417-1420-yillarda qurilgan) tantanali kirish qismi - peshtoqdan, ichki yopiq hovli va uning atrofi bo‘ylab joylashtirilgan xonalardan iborat. Mirzo U lug‘bek vafotidan keyin Samarqandga uning o ‘g ‘li Abdulatif hukmronlik qilgan. Natijada tinchlik, barqarorlik va rivojlanish davri tugab, ziddiyatlar kuchayib, janjalii davr boshlangan. XVI asr boshida kuchsizlanib qolgan Temuriylar davlati Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) lomonidan bosib olingan. X V - XVI asrlarda Samarqandni qisqa m uddatlarda Temuriylar avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur bosib olganligi tarixdan m a’ lum. Bu qisqa davr ichida Sam arqandda arxitekturavi y* inshoot barpo etilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bizgacha saqlanmagan. Biroq, shuni eslatib o’tish joizki, Boburiylardan sulton Shoh - 113- .lahon Hindistonning Agra shahri yaqinida. Jamna daryosi bo‘yida Tojmahal arxitektura yodgorligini barpo ettirgan. Inshoot sulton Shoh Jahon va uning rafiqas Mumtoz Mahal (m a’nosi saroyda beqiyos) maqbarasidir. Bu maqbarani sulton sevimli rafiqasi - Arjumand Bonu begim vasiyatiga muvofiq (1630-yilda vafot etgan) bunyod ettirgan. Ushbu inshoot 1632— 1650-yillarda turk m e’mori Ustod Munammad Isoxon afandi boshchiligidagi ustalar bilan qadimgi O ‘zbekiston, Eron va Janubiy Yevropa m e’morchiligining yutuqlaridan foydalangan holda qurilgan. Maqbara oq marmardan, besh gumbazli, devorlari qimmat baho toshlardan (haqiq, marvarid, sadaf, kahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar) mozaika bilan bezatilib ishlangan. Sag‘ana qo‘yilgan xona katta gumbaz bilan qoplangan bosh bino bo'lib, o ‘lchami 104x104x7 m bo'lgan supa ustida joylashgan. Supaning to ‘rt tom onida balandligi 45 m lik to ‘rtta minora o ‘rnatilgan. Zinapoyadan supaga chiqilib, o 'y m a naqshlar b ’" i n bezati'gan marmar eshik orqali maqbaraga kiriladi. Sag‘ana Shri Lankaning qora marmaridan ishlangan. Mozaika uilan nafis bezatilgan devorlarda bu ulug‘vor inshoot bunyodkorlarining ismlari ham yozilgan, ular ichidan samarqandlik va buxorolik ustalarning nomlari ham o‘rin egallagan. Biz yurtdoshlar jahonda bunday beqiyos me’moriy ansamblni barpo ettirgan vatandoshlarimiz nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. XVII asrning birinchi yarmida Yalangto‘sh Bahodir Samarqandda hokim bo‘ladi. Uning tashabbusi va rahbarligida bu yerda Sherdor va Tillakori madrasalari qurdirilgan Yalangto‘sh Bahodir davrida ashtarxoniy lar bosh vaziri Nodir Devonbegi buyrug1 bilan qator yangi monumental binolar qad rostlaydi. IJlardan Namozgoh masjidi (1630-yil), Abdi Birun mozorida xonaqoh (1633 yil) va boshqalar bizgacha saqlangan. Samarqandda hatto tSsavvurga sig‘maydigan m e’morchilikning ijod mahsullari bor. Bular Registon arxitekturaviy ansambli, Shoxi Z :nda, G o ‘ri Amir va Bibixonim m e’moriy yodgorliklari va boshqalardir. Bu m e’moriy binolargayagona badiiy ifodahisoblangan ornamentlai qo‘llanilgan. Ishlatilgan mozaika va yo‘nilgan pisngan g‘isht arxitektura yodgorliklariga chiroy va go‘zallik baxsh etgan.2