O‘rta asr Sharq allomalarining qoldirgan boy ma'naviy merosining ahamiyati nafaqat mamlakatimizda balki, jahon ilm-fanining rivoji uchun ham asos bo‘ldi
O’zbekiston Respublikasi oliy o’rta maxsus ta’lim vazirligi Turon zarmed universiteti iqtisodiyot (Tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 4-7 guruh talabasi Yog’mirova Dilorom O’lmasovna Mavzu:Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. Fan:O’zbekistonning eng yangi tarixi
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayram sifatida nishonlanishi, Navro‘z umumxalq bayrami xalqimiz hayotidan mustahkam o‘rin olganligi,har yili vatandoshlarimiz haj va umra safarlarini ado etayotganligi, mustaqillik yillarida masjid va madrasalar, qadamjolar ta'mirlandi.Tarixdan ma'lumki, X asrning ikkinchi yarmi va XI asr boshlarida Xorazmda vujudga kelib keng faoliyat ko‘rsatgan mashhur Ma'mun akademiyasi ilm-fan ravnaqiga ijobiy ta'sir etgan ilm maskanlaridan hisoblangan. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy.
Shu o‘rinda jahon fani va sivilizasiyasiga hissa qo‘shgan Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850), Ahmad al-Marvoziy (780-880),Ahmad al-Farg‘oniy (797-865),Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Bakr Muhammad Narshahiy (899-959), Abu Abdulloh Xorazmiy (vafoti 997y), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Bakr al-Xorazmiy (935-993),Abu Ali ibn Sino (980-1037), Ismoil Jurjoniy (1042-1136), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1149), Burhoniddin Marg‘inoniy (1123-1197), Mahmud Chag‘miniy (XII-XIII asr boshlari) kabi buyuk allomalarimizlarni alohida ta'kidlash o‘rinlidir.
O‘rta asr Sharq allomalarining qoldirgan boy ma'naviy merosining ahamiyati nafaqat mamlakatimizda balki, jahon ilm-fanining rivoji uchun ham asos bo‘ldi. Ulug‘ mutafakkir va allomalarimiz qoldirgan merosining ahamiyati faqatgina ilm, fan sohasida emas balki, ma'naviyat, tarbiya borasidagi konseptual qarashlari o‘zbek xalqining asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan merosi, bebaho xazinasidir.Shuningdek, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‘bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshirildi.
Ma'naviyat ko‘proq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu ma'noda ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo‘q.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yoshlarga avvalo O‘zbekistonda erkin demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda mustaqil va erkin fikrlay oladigan, barkamol, yetuk ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega yoshlarni shakllantirishga alohida e'tibor va g‘amxo‘rlikko‘rsatib kelinayotganligi, komil insonni shakllantirish masalasi barcha davrlarda ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilganligi, xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr.
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi.Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin.Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar - qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobalarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish - bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda.