O‘rta asrlarda sharq mamlakatlari davlati va huquqining rivojlan-azkurs.org
Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bu yerda G‘arbiy Yevropa feodal mamlakatlariga xos bo‘lgan davlat shakllarining tashkil topmaganligi bilan belgilanadi. Sharqda o‘z domenlari hududi doirasida suveren huquqlarga ega bo‘lgan feodallar-senorlarning o‘ziga xos ittifoqi tarzidagi senorlik monarxiyasi shakllanmadi. Davlat boshqaruvining bunday shakli sinflarning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetgan jamiyatda vujudga kelishi mumkin edi. Shuningdek, Sharq shaharining qandaydir biror mustaqilligi yo‘q edi, binobarin o‘z tabaqa maqsadlari va manfaatlari uchun kurashuvchi shaharliklar tabaqasi shakllanmagan jamiyatda tabaqa-vakillik monarxiyasining ham tashkil topishi mumkin emas edi.

Sharq jamiyatlari ijtimoiy-siyosiy tuzumining yana bir muhim o‘ziga xos xususiyatini u yoki bu jamiyatning hukmron diniy mafkurasi, jamiyat a’zolarining dinga va hokimiyatga nisbatan munosabati belgilaydi. Masalan, konfutsiylikni o‘rta asrlardagi Xitoy davlati va huquqining hal qiluvchi elementi sifatida e’tirof etganda shuni ta’kidlash joizki, uni faqat shartli ravishda din deb atash mumkin. Bu ko‘proq axloqiy-siyosiy ta’limot, falsafiy an’anadir.