O’rta asrlarda Sharqiy Yevropada qonunchilikka oid arxivlar bo’yicha atamalar lug’ati



Yüklə 13,88 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü13,88 Kb.
#160542
Atamalar lug\'ati


O’rta asrlarda Sharqiy Yevropada qonunchilikka oid arxivlar bo’yicha atamalar lug’ati


  1. ,, Toj metrikasi ‘’ – Polshada XVI asrdan boshlab asosiy saqlov organiga aylandi. Unda qonunchilik hujjatlari, tashqi ishlar, harbiy ishlar va boshqa muassasalarning hujjatlari saqlangan.

  2. ,, Voivoda ‘’ – rus podsholigining harbiy qo’mondonlar va suveren ( davlat ) hokimiyat vakillarining umumiy nomi.

  3. ,, Starosta ‘’ – Polshadagi mansabdor shaxs. Polsha Respublikasidagi o’rta ma’muriy – hududiy birlik. U rahbarlik qiladi, o’zini-o’zi boshqarish organi boshlig’i hisoblanadi.

  4. ,, Sijel ‘’ – rus tilida: ,, sertifat ‘’ - ,, hujjat ‘’ deb nomlanadi.

  5. ,, Sirkulyar ‘’ – direktiv tashkilotlar tomonidan quyi tashkilotlarga yuboriladigan buyruq.

  6. ,, Shlyaxta ‘’ – ( polyakcha -,, qadimgi, oliy ‘’) – Polsha qirolligida, Litva Buyuk Gersogligida va 1569-yilda Lublin ittifoqi va hamdo’stligidan so’ng zodagonlar shunday nomlangan.

  7. ,, Shtatgalter ‘’ – ( nemischa - ,, gubernator ‘’, yoki ,, o’rindiq egasi ‘’)- Yevropaning bir qator davlatlarida ma’lum bir davlatning istalgan hududida amalga oshirgan ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni amalga oshirgan mansabdor shaxs.

  8. ,, Dagome yudez ‘’ – 990-992-yillarga oid va XI –XII asrlar ro’yxatida ma’lum bo’lgan lotin tilidagi hujjat. Polsha davlatini Muqaddas Taxt himoyasiga o’tkazish aktidir.

  9. ,, Nihil novi ‘’ – ( lotincha – umum roziligisiz hech qanday yangilik ) qonuni. 1505-yilda polyak seymi tomonidan qabul qilingan va qirol Aleksandr Yagellon tomonidan tasdiqlangan. Ushbu qonunga ko’ra, Shlyaxtaning roziligisiz qirol hech qanday yangi qonun qabul qilmaslik majburiyatini olgan.

  10. ,, Dagome yudeks ‘’ – 990-992-yillarga tegishli lotin tilidagi hujjat bo’lib, unda Polsha davlati hamda knyaz Meshko turmush o’rtog’i Oda va ikki o’g’li bilan Muqaddas taxt himoyasiga olinganligi qayd etilgan hujjat.

  11. ,, Skriptoriy ‘’ – ( lotincha scriptorium ,, scriptor ‘’ so’zidan – mirza, kotib, ko’chirib yozuvchi, nusxa ko’chiruvchi.

  12. ,, Manuskript ‘’ – ( lotincha manus - ,, qo’l ‘’ va scribo - ,, yozaman ‘’) – qadimgi yoki o’rta asrlarda qo’lyozmalar, qo’lyozma o’rami.

  13. ,, O’ramlar kopellasi ‘’- 1377-yilda Tauer qal’asining Ueykfild minorasida hujjat nusxalarini saqlash uchun ajratilgan maxsus joy, arxiv.

  14. ,, Verden shartnomasi ‘’- 843-yilda Verden shahrida tuzilgan Buyuk Karl imperiyasini taqsimlash to’g’risidagi kelishuv. Buyuk Karlning o’g’li Lyudovik I Xudojo’yning o’g’illari Lotar I, Lyudovik II, Nemis va Karl II Yaltiroqboshlar o’rtasida imzolangan.

  15. ,, Bulla ‘’ – o’rta asrlarda Yevropada dumaloq metall muhr bian muhrlangan papa, imperator yoki qirollik hujjati ( yorliq, maktub, shartnomalar ).

Yüklə 13,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin