O'TKIR YURAK-TOMIR YETTSHMOVCHILIGIDA REANIMATSIYA
VA JADAL DAVOLASH
1628-yilda Garvey odam organizmining qon aylanish sistemasini kashf etdi. Qon aylanish sistemasida, asosan, quyidagi a'zolar qatnashadi: qonni haydovchi (nasos roliini bajaruvchi) yurak; qonni tashib beruvchi arteriya va vena qon tomirlari. Organizmdagi 75—80 % qon vena qon tomirlarida aylanib yuradi va saqlanadi.
Qonni taqsimlovchi tomirlar arteriyalar bo'lib, ular qonni kapillarlar orqali taqsimlaydi va boshqaradi. Kapillarlarda qon ma'lum tezlikda almashinadi.
Arterio-venoz anastomozlar (shunt) tomirlar qarshiliklarini boshqarib, o'ta og'ir holatlar va zarur bo'Iganda paydo bo'ladi.
Qon aylanish sistemasining asosini tashkil qiladigan qon, yurak, arteriya va katta vena qon tomirlari makrosirkulatsiyani, arteriolalar, venulalar, anastomozlar va kapillarlar esa mikrosirkulatsiyani hosil qiladi. Bulardan tashqari, kichik qon aylanish doirasi va katta qon aylanish doiralari ham bor.
Dostları ilə paylaş: |